Kontent qismiga oʻtish

Sarvar Abdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abdullayev Sarvardan yoʻnaltirildi)
Abdullayev Sarvar
Tavalludi 1970-yil
Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Sohasi Sharqshunoslik Arabshunoslik
Ish joylari ToshDSHIda, OʻzR Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Diniy ishlar boʻyicha qoʻmita, shahar hokimiyati Muzeylar boshq. boshligʻi, kotibiyatining mudiri Kimyo texnologiya instituti
Dini Islom

Abdullayev Sarvar (1970-yil, Toshkentda tugʻilgan) — sharqshunos olim. ToshDSHIning 1996-yil bitiruvchisi, sharqshunos-filolog-arabshunos. Falsafa fanlari nomzodi, dotsent.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1990 — 1995-y. — „Istiqlol nuri“ gazetasi muxbiri; 1995 — 1997-y. ToshDSHIda arab tili oʻqituvchisi; 1997-y. — Qohira universitetida malaka oshiruvchi; 19971998-yillar — Oʻzbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Diniy ishlar boʻyicha qoʻmitaning birinchi darajali mutaxassisi; 1998 — 2002 yy. — shahar hokimiyati kotibiyatining mudiri; 2002-yildan Toshkent shahar „Maʼnaviyat va maʼrifat“ markazi direktori. 2010-yildan Muzeylar boshq. boshligʻi. 2011y. dan taʼlim sohasiga oʻtib hozirgi paytda Kimyo texnologiya institutida falsafa va maʼnaviyat asoslari kafedrasi dotsenti. Ilmiy yoʻnalishi — dinshunoslik. 30 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. 2004—2010-yillar OʻzR Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. [1]

Ilmiy ishlari:

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomzodlik dissertatsiyasi mavzusi: „Svoboda veroispovedaniya i islam v Uzbekistane“, — Tashkent, 2002.

  1. Diniy ekstremizm va fundamentalizm // Jamiyat va boshqaruv. — Toshkent, 2000. — № 4. — C. 59 — 60.
  2. Oʻzbekistonda ijimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashda diniy tashkilotlarning oʻrni // Sharqshunoslik. -T., 2001. -№ 1. -B.82—84.
  3. Islom — bagʻrikenglik dini // Istiqlol yillari: milliy-diniy qadriyatlarning xalqqa qaytishi. — Toshkent, 2001. — № 7. — B.38 — 44.
  4. Bagʻrikenglik // Turkiston. -T., 2001. -№ 76-77.
  5. Islom manbalarida eʼtiqod erkinligi masalalari // Toshkent islom universiteti ilmiy-tahliliy axborotnomasi. -T., 2002. -№ 1. -B. 4-8.
  6. Diniy aqidaparastlikning gʻoyaviy ildizlari // Tafakkur. -Toshkent, 2002. -№
  7. Diniy ekstremizmga qarshi kurashning muhim masalalari // Imom Buxoriy saboqlari. -Toshkent, 2003. -№ 4. -B. 20-25.
  8. Kimni zohid deydilar? // Sharq mashʼali. -T., 2004. -№ 1. — B. 45-47.
  9. Islom va diniy bagʻrikenglik // Millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik (ilmiy toʻplam). -T., 2008. -B.56-57.
  10. Ey, Farzand: Yoshlarni yot gʻoyalardan asrashga bagʻishlangan ilmiy metodik qoʻllanma. -T., 2009. -R.Obidov bilan hammualiflikda.
  11. Alisher Navoiy asarlarida komil inson gʻoyalari // Falsafa va huquq. -Toshkent, 2013. -№ 3.
  12. Qurʼoni karimda nosix va mansux masalalari // Imom Buxoriy saboqlari. T., 2014. -№ 5. -B. 25-29.
  13. Ekstremizm illatiga qarshi kurashning maʼrifiy asoslari // Tasvir. -T., 2014. -№ 23. -B. 5-6.
  14. Diniy aqidaparstlikning oldini olish muammolari // Toshkent islom universiteti ilmiy-tahliliy axborotnomasi. -T., 2015. -№ 2. -B. 14-18.
  15. Diniy ekstremizm va fundamentalizmga qarshi kurash boʻyicha dars ishlanmalari (2015).
  16. Yoshlar ongida keksalarni ulugʻlash fazilatlarini shakllantirishda diniy qadriyatlarning oʻrni // Lomonosov nomidagi MDU Toshkent filiali konferensiya materiallari. 2015. -B. 49-52.
  17. Axloqda taqlid va uning manbalari // „Globallashuv va milliy-maʼnaviy taraqqiyot tendensiyalari“ (ilmiy toʻplam). — T.: TKTI, 2015. -B.316-317.
  18. Amir Temur va Temuriylar davri tarixini oʻrganishning oʻziga xos xususiyatlari // „Tarixiy manbashunoslik, tarixnavislik, tarix tadqiqoti metodlari va metodologiyasining dolzarb masalalari“. VII ilmiy nazariy konferensiya materiallari. -T.: ToshDSHI, 2015. -B.20-21.
  19. Taqdir, iroda va ixtiyor // Tafakkur. T., 2016. -№ 2. -B. 22-25.
  20. Qurʼon: shubhalar va haqiqat // TIU. Ilmiy tahliliy axborot. -T., 2016. -№ 3. — B.33-36.
  21. Qurʼoni karimda nosix va mansux masalasi //Imom Buxoriy saboqlari. T., 2016. -№ 3. — B.19-22.
  22. Islom falsafasida taqdir kategoriyasi // Dinshunoslikning dolzarb muammolari VIII konferensiya toʻplami. -T., 2016. -B.323-327.
  23. Diniy aqidaparstlikning oldini olish muammolari // Toshkent islom universiteti ilmiy-tahliliy axborotnomasi. -T., 2015. -№ 2. -B.14-18.
  24. Yoshlar ongida keksalarni ulugʻlash fazilatlarini shakllantirishda diniy qadriyatlarning oʻrni // Lomonosov nomidagi MDU Toshkent filiali konferensiya materiallari. 2015. -B.49-52.
  25. Diniy bagʻrikengikni taʼminlashning muhim masalalari // Zamonaviy dinshunoslik masalalari (ilmiy toʻplam). -T.: TIU, 2016. -B. 394-398.
  26. Temuriylar tarixini oʻrganishning oʻziga xos xususiyatlari // Tarixiy manbashunoslik (ilmiy konferensiya toʻplami). -T., 2016. -B. 20-22.
  27. Yoshlar maʼnaviy-axloqiy tarbiyasida hadislarning ahamiyati // Iqtisodiyot universiteti. Ilmiy konferensiya toʻplami. -T., 2016. -B. 599-605.
  28. Dinlararo bagʻrikenglik barqarorlik omili sifatida // Milliy va umuminsoniy madaniyatlar uygʻunligi. Ilmiy konferensiya materiallari. -T., 2017. -B. 494-496.
  29. Ijtimoiy fanlarni oʻqitish metodikasi: muammo va yechimlar // Ilmiy toʻplam. -T., 2017. -B. 238-239.
  30. Yuksak tuygʻularning badiiy talqini // Saljuq universiteti. Ilmiy toʻplam. -Turkiya, 2018. -B. 545-553.
  31. Ishq va tafakkurning falsafiy tahlili // Fanlar akademiyasi. -T., 2019. -№ 1. -B. 29-35.[1]
  1. 1,0 1,1 Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi 2021, s. 19—22.


  • Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi, Toshkent, 2021 — 19—22-bet.