Abdulloh ar-Roziy
Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad ibn Abdulloh ar-Roziy ash-Sha’roniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 964-yil (hijriy 353-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | soʻfiy |
Abdulloh ar-Roziy (arabcha: عبد الله الرازی — Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad ibn Abdulloh ar-Roziy ash-Shaʼroniy,? — 353/964,?) — so‘fiy.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalarda hayotiga oid maʼlumotlar juda kam. Asli Raylik bo‘lib, Nishopurda tug‘ilib o‘sgan. Junayd al-Bag‘dodiy va Abu Abdulloh al-Bushanjiy kabi mashhur so‘fiylarning suhbatida bo‘lgan. Abu Usmon al-Hiriyning mashhur muridlaridan biri bo‘lgan.
Abdulloh ar-Roziyning boshidan kechgan bir voqeadan keyin kamtarlikni o‘ziga dastur qilganligi manbalarda zikr etilgan. Suhbatlarida bo‘lgan shayxlardan ko‘p foydalangan, bularni axloqiy va maʼnaviy hayotida tatbiq qilgan. Ayniqsa, ruhan poklanish hamda yanada yuksak maʼnaviy martabalarga erishish uchun murakkab riyozatni qo‘llagan. Bularning barchasi mushohada sohibi so‘fiy bo‘lishini taʼminlagan. So‘fiylar ham uni Nishopurda yetishgan ulug‘ shayxlar qatoriga qo‘shganlar.
Shamsuddin az-Zahabiy Abdulloh ar-Roziyni Hakim at-Termiziyning majlislariga qatnashgani hamda undan Hokim va as-Sulamiy kabi muhaddislar hadis rivoyat qilganini aytgan. Nisba, kunya va ismlaridagi o‘xshashlik sababidan uni Abdulloh al-Xarroz (vafoti: 310/922-yili) bilan adashtiradilar[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- As-Sulamiy. Tabaqāt as-sӯfiyya. — Qohira: 1389/1969. 170, 451-453;
- Al-Qushayriy. Ar-Risāla. — Qohira: 1972-74. 439, 495, 636;
- Az-Zahabiy. Siyar. XVI. 65-66;
- Lomeʼiy. Nafahot tarjimasi. — Istanbul: 1289. 272;
- Ash-Shaʼroniy. At-Tabaqāt al-kubrā. — Qohira: 1954. I, 119-120;
- Al-Munoviy. Al-Kavākib ad-durriyya. — Qohira: 1938. II, 38;
- Arusiy. Natāij al-afkār. — Damashq: II, 4;
- Mustafa Bilgin. „Abdullah er-Râzî“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 128-129.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |