Kontent qismiga oʻtish

Abdulloh ibn Abbos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulloh ibn Abbos
Tavalludi 619
Vafoti 687
Fuqaroligi Rashidun xalifaligi va Damashq xalifaligi
Otasi Abbos ibn Abdulmuttalib
Onasi Lubaba bint al-Horis

Abdulloh ibn Abbos (619-yil, hozirgi Saudiya Arabistonidagi ashshib — 686-yil, at-Toif, oʻsha yerda) — islom taʼlimoti sharhlovchilaridan, faqih, Muhammad paygʻambarning amakivachchasi.

Musulmon rivoyatlariga koʻra, Abdulloh ibn Abbos rasululloh va sahobalarning qilgan ishlari, aytgan soʻzlari haqidagi hikoyalarni toʻplash (hadislar) maqsadidagi gʻoyani ilk bor ilgari surgan. Abdulloh ibn Abbos nihoyatda ilmli boʻlgani tufayli „Xabr al-umma“ („Jamoa donishmandi“) laqabiga sazovor boʻlgan. Abdulloh ibn Abbos Qurʼonni tafsir qiluvchi, fiqhga oid masalalarni sharhlovchi (huquqqa doir masalalar boʻyicha uning oʻzi xulosa chiqargan), johiliyat davri tarixi, Muhammad paygʻambarning gʻazotlariga oid hikoyalarni yetkazuvchi sifatida mashhur boʻlgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil