Kontent qismiga oʻtish

Abdulloh ibn Abdulmalik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulloh ibn Abdulmalik
arabcha: عبد الله بن عبد الملك
Jund Hims hokimi
Mansab davri
703 – 704
Misr hokimi
Mansab davri
705 – 709
Oʻtmishdoshi Abdulaziz ibn Marvon
Vorisi Qurra ibn Sharik al-Absiy
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi tax. 677 yoki tax. 680
Vafoti 749–750
Hira
Oʻlim sababi xochga mixlab oʻldirilgan
Ota-onasi Abdulmalik ibn Marvon
Qarindoshlari al-Volid II (ota bir akasi)
Sulaymon (ota bir akasi)
Umar II (amakivachchasi)

Abdulloh ibn Abdulmalik ibn Marvon (arabcha: عبد الله بن عبد الملك; yunon manbalarida: Ἀβδελᾶς, Abdelas[1]) – Umaviy shahzodasi, xalifa Abdulmalik ibn Marvonning oʻgʻli (h. 685–705), general. 705–709-yillarda Misr hokimi.

Abdulloh ibn Abdulmalik taxminan 677 yoki 680-yillarda tugʻilgan va xalifalik poytaxti Damashqda voyaga yetgan[2]. Xalifa Abdulmalik va xalifaning ummu al-valadidan (kanizak) dunyoga kelgan[3]. Yoshligida otasi bilan bir qancha yurishlarda qatnashgan[2]. Manbalarda 700 yoki 701-yilda[4] birinchi marta oʻzi yurish boshlab, unga boshchilik qilgani haqida maʼlumotlar keltirilgan. Ushbu yurish paytida Abdulloh Arzirum chegara qal’asini egallab, Kichik Armanistonga bostirib kirgan[2]. 701-yilda amakisi Muhammad ibn Marvon bilan birga Abdurahmon ibn Muhammad ibn al-Ashʼat qoʻzgʻolonini bostirishda Hajjoj ibn Yusufga yordam berish uchun Iroqqa yuborilgan[2]. Keyingi yili Furot daryosining sharqiy qismidagi yaqindagina Muhammad ibn Marvon tomonidan bosib olingan Vizantiya arman viloyatlari qoʻzgʻolon koʻtardi va Armanistonning katta qismini qamrab oldi. 703-yilda Abdulloh Kilikiyadagi Mopsuestiani (al-Massisa) zabt etdi va hududni xalifalikning mintaqadagi ilk yirik tayanchi sifatida mustahkamladi. Soʻngra amakisi Muhammad bilan birga armanlar qoʻzgʻolonini bostirishga kirishdi[2]. Xalifa ibn Xayyotning soʻzlariga koʻra, otasi uni Jund-Himsga hokim qilib tayinlagan, biroq Balozuriy tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, uni bu lavozimga Volid I (h. 705–715) tayinlagan[5].

704-yil oxirida Abdulloh Armanistondan Misr hokimi lavozimiga chaqirilib, uzoq yil davomida hukmronlik qilib kelayotgan amakisi Abdulaziz ibn Marvonning oʻrnini egallagan. Abdullohning hukmronlik davri 20 yil davomida Misrga hokimlik qilib kelayotgan Abdulaziznikidan ajralib turgan. Abdulloh xalifalik hukumatining viloyat ustidan nazorat oʻrnatishiga harakat qilgan[2]. Abdulloh amakisi tomonidan lavozimga tayinlagan kishilarini ishdan boʻshatgan, davlat ishlarini qibtiy tilida emas, balki arab tilida olib borilishini talab qilgan. Uning hokimiyati islom hukmronligi davridagi ilk ocharchilik va korrupsiya hamda davlat mablagʻlarini oʻzlashtirishda ayblangan. Abdulloh 708–709-yilda Misrdan chaqirib olingan va uning daromadlari xalifa tomonidan musodara qilingan[2]. Oʻz faoliyati davomida koʻplab mahalliy harbiy rahbarlar, ayniqsa, Ifriqiya hokimi Muso ibn Nusayr bilan toʻqnash kelgan[4].

Uning keyingi hayoti haqida hech narsa maʼlum emas. Arab tarixchisi Yaʼqubiy tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, Abdulloh birinchi Abbosiy xalifasi as-Saffoh tomonidan 749 yoki 750-yillarda Hirada xochga mixlanib qatl etilgan[2].

  1. Lilie et al. 1999, s. 5
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 Becker 1960.
  3. Hinds 1990.
  4. 4,0 4,1 Borrut 2013.
  5. Crone 1980.
Oʻtmishdoshi:
Abdulaziz ibn Marvon
Misr hokimi
705–709
Vorisi:
Qurra ibn Sharik al-Absiy