Abdulloh ibn Abu Talha
Abdulloh ibn Abu Talha | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 703-yil (hijriy 84-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | tobeʼin |
Abdulloh ibn Abu Talha (arabcha: عبد الله بن أبي طلحة – Abu Yahyo Abdulloh ibn Abu Talha ibn Sahl al-Ansoriy al-Xazrajiy) – tobeʼin.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ona qornidaligidayoq Muhammad paygʻambarning duosiga sazovor boʻlgan. Otasi Abu Talhaning ismi Zayd. Onasi madinalik ayollar orasida dindorligi, aqlliligi va jasurligi bilan mashhur boʻlgan Ummu Sulaym bint Milhondir. Ummu Sulaym Hunayn gʻazotida paygʻambarning yaqinida turib himoya qilgan. Madinaga qaytgandan keyin esa, Abdullohni dunyoga keltirgan. Yangi tugʻilgan chaqaloqni birinchi eri Molikdan koʻrgan oʻgʻli Anas orqali Muhammad huzuriga yuborgan. Undan chaqaloqqa birinchi luqmani berishi (tahnik) va unga ism qoʻyishini iltimos qilgan. Paygʻambar oʻzi chaynagan luqmani chaqaloq tanglayiga surtib, yuzini silagan va unga Abdulloh, deb ism qoʻygan.
Abdulloh ibn Abu Talha oʻn nafar oʻgʻil farzand koʻrgan, ularning hammasi Qur’onni toʻliq yod olgan. Abdulloh ibn Abu Talha otasi va oʻgay akasi Anas ibn Molikdan hadis rivoyat qilgan. Undan oʻgʻillari Ishoq va Abdulloh, nabirasi Yahyo ibn Ishoqlar hadis rivoyat qilganlar. Abdulloh ibn Abu Talhaning oʻgʻillari ichida eng ilmlisi va mashhuri Ishoq boʻlgan. U molikiy mazhabi asoschisi Imom Molikning shayxi boʻlgan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulloh ibn Abu Talha Siffiyn jangida Ali tomonidan joy olgan. Manbalarda Eron fathlari asnosida shahid boʻlgani yoki Madinada vafot etgani haqida ikki xil rivoyat bor[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Al-Voqidiy. Al-Magʻāzӣ. – Bayrut: „Olam al-kutub“. III, 902;
- Ibn Hishom. As-Sӣra. – Qohira: 1955. IV, 88-89;
- Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. – Bayrut: 1968. V, 74-76;
- Al-Buxoriy. At-Tarӣx al-kabӣr. – Haydarobod: 1941-60. V, 94;
- At-Tabariy. Tarӣx. – Bayrut: „Dor Suvaydon“. III, 76.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |