Abdulloh ibn Shaddod
Abu-l-Valid Abdulloh ibn Shaddod
ibn Usoma ibn Amr al-Hodiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 701-yil (hijriy 82-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis, sahoba |
Abdulloh ibn Shaddod (arabcha: عبد الله بن شداد — Abu-l-Valid Abdulloh ibn Shaddod ibn Usoma ibn Amr al-Hodiy,? — 82/701) — muhaddis, tobe’in.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eski davr arablarida odat bo‘lganidek, musofir va yo‘lovchilar yorug‘likni ko‘rib kelishlari va ularni mehmon qilish maqsadida kechalari olov yoqqani uchun al-Hodiy ismini olgan. Katta bobosi Amrga nisbat qilinib, Ibn al-Hodiy degan nom bilan ham mashhur bo‘lgan. Onasi Sulmo bint Umays Hamzaning xotini bo‘lib, Hamza Uhudda shahid bo‘lganidan keyin Shaddodga turmushga chiqqan. Abdulloh ibn Shaddod otasi Shaddod, Umar, Ali, Muoz ibn Jabal, Ibn Mas’ud, Asmo bint Umays, Oysha, Ummu Salama va boshqa sahobalardan hadis rivoyat qilgan. Undan esa Abu Ishoq ash-Shayboniy, Abdulloh ibn Shubruma va Hakam ibn Utayba singari allomalar rivoyat qilganlar. Abdulloh ibn Shaddod ishonchli muhaddislardan bo‘lib, rivoyatlari „Kutubi sitta“da keltirilgan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulloh ibn Shaddod Ali uchun jonini ham berishga tayyor tarafdorlaridan bo‘lgani rivoyat qilingan. U Hajjojga qarshi jangda Ibn al-Ash’as tomonida kurashgan, jangda Dujayl daryosiga tushib cho‘kib o‘lgan[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. — Bayrut: 1968. V, 61; VI, 126;
- At-Tabariy. Tarӣx. — Qohira: 1960-70. IV, 382-383;
- Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1970-73. III, 275-276;
- Az-Zahabiy. Siyar. III, 488-489;
- Ibn Hajar. Al-Isāba. — Qohira: 1328. V, 1314;
- Nevzat Aşık. „Abdullah b. Şeddâd“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 136.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |