Abdulloh ibn Solih al-Misriy
Abdulloh ibn Solih al-Misriy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 756-yil (hijriy 139-yil) |
Vafoti | milodiy 838-yil (hijriy 223-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis |
Abdulloh ibn Solih al-Misriy (arabcha: عبد الله بن صالح المصري — Abu Solih Abdulloh ibn Solih ibn Muhammad al-Juhaniy al-Misriy) — muhaddis.
Ustozlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdulloh ibn Solih al-Misriy Kotib al-Lays nomi bilan ham tanilgan. U misrlik ustozlari Muoviya ibn Solih, Harmala ibn Imron, Muso ibn Ulay, Abdulloh ibn Vahblardan hadisni, Hamza ibn Zayyofdan esa Qur’onni o‘rgangan. Mashhur muhaddis Lays ibn Saʼdga yigirma yil shogird bo‘lib, undagi hadisga oid yozma manbalarni ko‘chirib yozishga bel bog‘lagani uchun „Kotib al-Lays“ („Laysning kotibi“) laqabini olgan.
Shogirdlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mashhur muhaddislar Abu Ubayd al-Qosim ibn Sallom, Yahyo ibn Maʼiyn, Imom ad-Dorimiy, Imom al-Buxoriy, Abu Zur’a ad-Dimashqiylarga hadisdan taʼlim bergan. Abu Dovud, Imom at-Termiziy va Ibn Moja kabi muhaddislar uning rivoyatlarini shogirdi Abu Ali al-Hasan ibn Ali al-Xallol orqali olishgan.
Hadislari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Baʼzi hadisshunoslar Abdulloh ibn Solih al-Misriyni hadis rivoyat qilishda zabt jihatidan tanqid qilgan bo‘lsalar-da, boshqa muhaddislar unga o‘ta ishonchli, yaʼni siqa roviy, deb baho berganlar. Avvalda o‘ta kuchli xotiraga ega hassos kishi bo‘lgan Abdulloh ibn Solih al-Misriy umrining oxirida xotirasining pasayishi tufayli tanqidga uchragani ham aytilgan. Shu sababli uning tariyqi orqali kelgan rivoyatlar, asosan, hasan hisoblangan. Chunonchi, Imom al-Buxoriy uning bunday hadislarini „Al-Jāmi’ as-sahӣh“iga kiritmagan, biroq „Al-Adab al-mufrad“ nomli kitobida ulardan qirq oltitasini keltirgan.
Abdulloh ibn Solih al-Misriyning asarlari haqida maʼlumot yo‘q. Fuat Sezgin uning Abdulloh ibn Vahb tariyqi bilan rivoyat qilgan o‘n olti betdan iborat hadis majmuasi bugungi kunimizgacha yetib kelgani va Qohirada saqlanayotganini qayd etgan[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Xalifa ibn Xayyot. At-Tabaqāt. — Damashq: 1966-67. II, 765;
- Al-Buxoriy. At-Tarӣx al-kabӣr. — Haydarobod: 1941-60. V, 121;
- Ibn Abu Hotim. Al-Jarh va-t-taʼdӣl. — Haydarobod: 1952-53. V, 86-87;
- Xatib al-Bag‘dodiy. Tarӣx Bag‘dād. — Qohira: 1931. IX, 478-481;
- Az-Zahabiy. Tazkira al-huffāz. — Haydarobod: 1375. I, 388;
- Az-Zahabiy. Mӣzān al-i’tidāl. — Qohira: 1963. II, 440-445;
- Ibn Hajar. Tahzӣb at-tahzӣb. V, 256-261;
- F.Sezgin. GAS. I, 104;
- Ali Yardim. „Abdullah b. Sâlih el-Misrî“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 131-132.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |