Kontent qismiga oʻtish

Abdulmalik (katta toʻra)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdulmalik
 G‘uzor beki
Mansab davri
1860 – 1868
Monarx Amir Muzaffar
Vorisi Muhammad Yoqubbiy
 Karmana beki
Monarx Amir Muzaffar
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Buxoro amirligi
Vafoti Peshovar
Onasi Xosa Zumrad
Otasi Amir Muzaffar

Abdulmalik (Katta toʻra) (1848, Buxoro amirligi - 1909, hozirgi Pokistonning Peshovar shahrida vafot etgan) — Buxoro amiri Muzaffarning to‘ng‘ich o‘g‘li. Avval Karmana so‘ngra Gʻuzor (1860-1868-yillar) viloyatlarida hokimlik qilgan[1].

Otasi – Buxoro amiri Muzaffarning siyosatidan norozi boʻlib, unga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarib, Buxoro amirligida rus qoʻshiniga qarshi milliy ozodlik kurashida qatnashadi.

U ukasi amir Abdulahadxon taxtga kelguniga qadar Buxoro taxtining asosiy da’vogari hisoblangan.

Said Abdumalik 1848-yilda tug‘ilgan. Otasi Muzaffarxon, onasi esa fors millatiga mansub Xosa Zumrad amirning to‘rt qonuniy xotinidan biri bo‘lgan. 1860—yillarda G‘uzor beki lavozimini egallab, Afgʻoniston amiri Sher Alixonning qiziga uylangan.

1868-yilda amir Muzaffar hukmronligi davrida Buxoro amirligi Rossiya imperiyasi hukmronligi ostiga oʻtdi. Harbiy taktikani oʻzgartirishga bir necha bor urinishlar va turk harbiy mutaxassislarining koʻmagiga qaramay, buxoro qoʻshinlari Yerjar (1866), Cho'pon ota (1868) va Zirabuloq (1868) janglarida uch marta magʻlubiyatga uchradilar[2].

Cho‘pon ota tog'idagi jangdan so'ng Samarqand shahri rus qo'shinlari tomonidan bosib olinadi. Samarqandning qo‘ldan ketishi Buxoro amirligiga kuchli ta'sir o‘tkazdi va “muqaddas shahar” mudofaasini tashkil eta olmagan amirga nisbatan norozilikni keltirib chiqardi. Said Abdumalik boshchiligida Hisorda otasiga qarshi qoʻzgʻolon bayrogʻi koʻtarilib, Samarqandda ozodlik kurashi uyushtirildi. Unga Shahrisabz mustaqil beklari Bobobek va Kitob beklari Jo'rabek qo'shildi. Har tomondan Hisorga “iymon uchun kurashuvchilar” oqib kela boshladi. Amirga qarshi “kofirlar”ga qarshi g‘azovot shiori ostida ko‘tarilgan qo‘zg‘olon juda tez tarqaldi. Buxoro amirligining sharqiy hududidagi shaharlarda amir Muzaffar tomonida tayinlangan hokimlari chetlashtirildi.

1868-yilda Rossiya imperiyasi bilan sulh tuzilishi va Buxoro uchun murakkab shartlar asosida Rossiya-Buxoro shartnomasining imzolanishi amir Muzaffar siyosatidan xalq noroziligini yanada kuchaytirdi. O‘sha yilning kuzida Buxoroda otasi taxtini egallashga urinayotgan Said Abdumalik boshchiligida yangi qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Amir o‘g‘lining ustiga qo‘shin tortadi, biroq, mag‘lubiyatga uchraydi.

Amir yordam so‘rab general-leytenant Konstantin Kaufmanga murojaat qiladi, u general Abramov,AleksandrKonstantinovich qo‘mondonligida unga yordam berish uchun qo‘shin yuboradi. Qo'shinlar 1868—yil 27-oktabrda Qarshi, 1870-yilda Shahrisabz va Kitob bekliklarini egallab, amir Muzaffarga qaytardi. Qoʻzgʻolonchilar magʻlubiyatga uchradilar[3].

Buxorodan ketish va vafoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻzgʻolon barbod boʻlgach, Said Abdumalik dastlab Xivaga, Muhammad Rahimxon II huzuriga boradi. Shundan soʻng u bir muddat Qoshgʻariyada Yoqub Bek bilan Yangi Hisor qalʼasida yashadi (1873). Yoqub Bek vafotidan keyin Hindistonda yerda ingliz hukumati hisobiga yashay boshlaydi. Said Abdumalik Katta to‘ra 1909-yilda Peshovarda vafot etdi.

  1. „Комментарии к «Тарих-и Салими» Мирзы Салимбека“. 2018-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-iyul.
  2. Вохидов Ш. Х. Жизнь, посвященная вечности. О цареевиче Мухаммад Сиддик Хашматe, сыне эмира Музаффар (1864–1932): жизнь и научное наследие // Молодой ученый. — 2015. — №15. — С. 494-501
  3. „"История Бухары" на официальном сайте Бухарской области“. 2019-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-iyul.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil