Abdulmuluk Qo‘rchi
Qiyofa
Abdulmuluk Qo‘rchi – Boburning xos a’yonlaridan biri, diplomat va elchi. 1525 yilning boshida Bobur tomonidan Sulton Sa’idxon huzuriga elchi qilib jo‘natilgan. Bobur Hindistonni fath etish maqsadida Kobuldan chiqib, Dehi Ya’qub daryosi bo‘yiga tushganida Abdulmuluk Koshg‘ardan Sulton Sa’idxon va Koshg‘ardagi Boburga yaqin ayollar yozgan xat va sovg‘a-salomlarni olib kelgan. Boburiylar bilan Safaviylar o‘rtasida diplomatik va savdo munosabatlarini yo‘lga qo‘yishda katta xizmat qilgan. 1528 yil Safaviylar nomidan Hindistonga elchi bo‘lib kelgan Hasan Chalabiyni o‘z yurtiga kuzatib borish va Boburiylar nomidan Safaviylar poytaxtida elchilik qilish vazifasi ham Abdulmuluk Qo‘rchi zimmasiga yuklatilgan. [1]
- ↑ Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi. SHARQ. -T.;2014