Kontent qismiga oʻtish

Abdulqodirxon Xatak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdulqodirxon Xatak (1651-1720) yirik davlat arbobi Xatak qabilasining yetakchisi boʻlib, Abdulqodirxon Xushholxonning oʻgʻli. U 16 yil davomida afgʻon qabilasini birlashtirish uchun kurash olib borgan. 1720-yil vafot etgan. U Sadiy Sheroziyning „ Guliston“ asarini qisqartirib, pashtuchaga tarjima qilgan. Unga „ Guldasta“ deb nomaladi.

Abdulqodirxon Xatakning adabiy merosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulqodirxonning bizgacha uning devoni yetib kelgan. Uning 60ga yaqin asari bor. Bizgacha yetib kelgan asarlaridan biri „ Odamxon va Durxonoy“ dostonni hisoblanadi. U fors tilida tarjimalari bilan shugʻullangan. Abdurahmon Jomiyning „ Yusuf va Zulayho“ asaridan 4000 baytni pashtuchaga tarjima qiladi. Devonini 12ta nusxasi mavjud. Devoni 1977-yil Kobulda chop etilgan. Uning sheʼriyatida ishqiy-lirika birinchi oʻrinda turadi. U gʻazallarida, mashuqaning beqiyos goʻzalligini, uning oshiqqa koʻrsatayotgan bitmas-tuganmas azob- uqubatlarini turli xil ibrozlar, tashbexlar orqali ifodalagan. Uning aksariyat sheʼr va gʻazallarida ichki dard bor. Devonini asosiy qismini gʻazallar, ruboiy, muxammaslar tashkil qilgan. Ruboiylari asosan axloqiy, ishqiy, xayotiy- realistik elementlarga boy. Baʼzi ruboiylarida toʻgʻridan-toʻgʻri afgʻon qizlariga murojaat qilgan. Uning sheʼriy devoni Pokistonda bosib chiqildi.

•Muhammad Haydar, Joʻbal Nigohi be adabiyoti muosrri Afgʻoniston, Kobul- 1337 hijriy. •Mavlono Xasta, yodi az raftagon Kobul-1344.