Abdurahim Turkistoniy madrasasi
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Madrasa | |
Abdurahim Turkistoniy madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Samarqand viloyati |
Shahar | Samarqand |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Abdurahim sadr ibn mavlona Mahmud Turkistoniy |
Homiylar | Abdurahim sadr ibn mavlona Mahmud Turkistoniy |
Binokorlik | XVI asr—??? |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Abdurahim Turkistoniy madrasasi — Samarqand madrasasi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdurahim Turkistoniy madrasasi XVI asrda shayboniylar sulolasi davrida, Samarqandda Abdurahim sadr ibn mavlona Mahmud Turkistoniy tomonidan bunyod etilgan. Mazkur madrasa olima Mahkamoy Tursunova tadqiqotlarida Sadr mavlono Abdurrahim Turkistoniy madrasasi deb ham tilga olingan[1]. Abdurahim Turkistoniy fiqh va bir qator fanlar bilimdoni boʻlgan. U Muhammad Shayboniyxon davrida Samarqadda sadrlik vazifada faoliyat olib borgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator hujjatlar va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Jumladan madrasa toʻgʻrisida Mehr Sultonxonim madrasasi vafq hujjatida maʼlumotlar mavjud. Madrasa XVI asr boshlarida bunyod etilgan. Abdurahim Turkistoniy toʻgʻrisida manbalarda baʼzi maʼlumotlar mavjud. Muhammad Shayboniyxon butun Temuriylar davlatini egallagach, uni sadr lavozimiga tayinlagan. Abdurahim Turkistoniy Muhammmad Shayboniyxon tarafida turib Zahiriddin Muhammad Bobur bilan birgalikda janglar olib borgan. U bundan tashqari Hirotda Shayboniyxonning oldida turib ham janglar qilgan. Abdurahim Turkistoniy madrasasi XIX asr oxirlarigacha faoliyat yuritgan. Samarqand viloyat Boshqarmasi vaqf boʻlimi ish yurituvchisi V. L. Vyatkin tadqiqotlarida ham ushbu madrasa nomi qayd etilgan. Abdurahim Turkistoniy madrasasi uchun koʻplab vaqf mulklari ajratilgan. Madrasa uchunchi oliy toifaga mansub boʻlgan. Abdusattor Jumanazar fikriga koʻra madrasa Abu Saʼidxon madrasasi atrofida boʻlgan[2].
Meʼmorchiligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdurahim Turkistoniy madrasasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.