Abdurahmon ibn Abdulloh al-Gʻofiqiy
Abdurahmon ibn Abdulloh al-Gʻofiqiy arabcha: عبد الرحمن بن عبد اللّه الغافقي | |
---|---|
Tavalludi | Tihamah, Umaviylar xalifaligi |
Vafoti |
732-yil 10-oktyabr Vouneuil-sur-Vienne, Poitiers, Frank davlati |
Fuqaroligi | Umaviylar xalifaligi |
Xizmatdagi yillari | 722–732 |
Jang/urush |
Tuluza jangi (721) Garonne daryosi jangi Tours jangi † |
Abdurahmon ibn Abdulloh al-Gʻofiqiy (arabcha: عبد الرحمن بن عبد اللّه الغافقي) (732-yilda vafot etgan) – arab millatiga mansub Umaviylar xalifaligi qoʻmondoni, Al-Andalus hokimi. Musulmon kuchlarini franklarga qarshi boshqargan . 732-yilgi Tours jangi (shuningdek, Poitiers jangi deb ham ataladi) paytida musulmon qoʻshiniga rahbarlik qilgan. Charles Martel boshchiligidagi frank qoʻshinlariga qarshi olib borilgan bu jang Yevropa tarixida muhim voqea boʻlgan va musulmon hududlarining Gʻarbiy Yevropaga qadar musulmon kengayishini toʻxtatib qolgan.
Al-Gʻofiqiy 730-yillarda Al-Andalus hokimi etib tayinlangan va Pireney orollari boʻylab Franklar hududiga bir nechta muvaffaqiyatli harbiy yurishlarni olib borgan. U erda Bordeaux shahrini talon-taroj qilgan va hududni egallab olgan. Jangda Akvitaniya gersogi Odoni magʻlub etgan. Soʻngra Garonne daryosidagi jangda Duke Odoning ikkinchi armiyasini ham yenggan[1].
Tuluza jangi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdurahmon Tuluza jangida ham ishtirok etgan. 721-yili (hijriy 102) jangda al-Samh ibn Molik Akvitaniya gersogi Odo qoʻshinlari tomonidan oʻldirilgan. Ogʻir magʻlubiyatdan soʻng Abdurahmon boshqa sarkardalar va qoʻshinlar bilan birga janubga qochib, Sharqiy Andalus qoʻmondonligini oʻz qoʻliga olgan. 721-yilda esa uning oʻrniga Anbasa ibn Suhaym al-Kalbiy tayinlangan. 726-yilda Anbasa janubiy Galliyada vafot etgach, uning oʻrniga ketma-ket bir qancha qoʻmondonlar tayinlangan, biroq ularning hech biri uzoq muddat oʻz lavozimini saqlab qololmagan.
730-yilda xalifa Hishom ibn Abdulmalik Abdurahmonni Al-Andalusga voliy etib tayinlagan. Tarixchi David Levering Lewis tomonidan Abdurahmon „aqlli va mohir rahbar“ deb taʼriflagan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Internet History Sourcebooks: Medieval Sourcebook“. sourcebooks.fordham.edu.
- ↑ Lewis, David Levering. God’s Crucible: Islam and the Making of Europe, 570-1215, W. W. Norton & Company, 2009, ISBN 9780393067903.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Creasy Edward S., Fifteen Decisive Battles of the World From Marathon to Waterloo
- Medieval Sourcebook: Arabs, Franks, and the Battle of Tours, 732
- Watson, William E., „The Battle of Tours-Poitiers Revisited“, Providence: Studies in Western Civilization, 2 (1993)
Qoʻshimcha adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- The New Century Book of Facts, King-Richardson Company, Springfield, Massachusetts, 1911
- „Early Andalusian Politics“, by Richard Greydanus
- Edward Gibbon, The Decline and Fall of the Roman Empire, (New York, 1974), 6:16.
- Richard Hooker, „Civil War and the Umayyads“
- Tours, Poiters, from „Leaders and Battles Database“ online.
- Robert W. Martin, „The Battle of Tours is still felt today“, from about.com
- Santosuosso, Anthony, Barbarians, Marauders, and Infidels ISBN 0-8133-9153-9
- Bennett, Bradsbury, Devries, Dickie and Jestice, Fighting Techniques of the Medieval World
- Reagan, Geoffry, The Guinness Book of Decisive Battles, Canopy Books, NY (1992) ISBN 1-55859-431-0
Oldingisi | Al-Andalus hokimi 721–722 |
Keyingisi |
Oldingisi | Al-Andalus hokimi 730–732 |
Keyingisi |