Kontent qismiga oʻtish

Abduraxim Abidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abduraxim Abidov
Tavalludi 1929-yil 15-oktyabr
Toshkent, O'zSSR
Vafoti 2010-yil 21-iyul (80 yosh)
Toshkent, O'zbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent tibbiyot akademiyasi
Kasbi mikrobiolog
Unvoni fan doktori
Mukofotlari Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan doktori
Izohlar
SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasi a'zosi (1978-yil), Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasi a'zosi (1992-yil)

Abidov Abduraxim Abidovich (1929-yil 15-oktabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR – 2010-yil 21-iyul, Toshkent, Oʻzbekiston) – sovet va oʻzbek olimi, immunolog, SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi, Oʻzbekiston Respublikasi fanlari akademiyasi akademigi[1], Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan doktori[2].

Abidov Abduraxim 1929-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan.

1953-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlagan. Soʻngra Toshkent shahridagi tez tibbiy yordam koʻrsatish markazi boʻlimida umumiy amaliyot shifokori, bosh shifokor boʻlib ishlagan. 1955-yildan SSSR Sogʻliqni saqlash vazirligining Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim, keyinroq shu institut direktori lavozimlarida ishlagan. Shu bilan bir qatorda 1972-yildan Toshkent fanlar akademiyasida mikrobiologiya kafedrasi mudiri. 1965-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 1967-yildan esa professor unvonini olgan[3].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy tadqiqot instituti Abidov Abduraxim Abidovich rahbarligida ich terlama va paratifga qarshi kimyoviy sorbsiyalangan vaksinalar olish usullari hamda qoqsholga qarshi dozalangan va oson singib ketadigan zardoblar olish usuli ishlab chiqilib, keyinchalik ishlab chiqarishga joriy etilgan. Ilonlarga qarshi mono va koʻp valentli zardoblar yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan, xususan, kobra, efa kabi ilon zaharlariga qarshi bir valentli zardoblar, shuningdek qoraqurtlarga qarshi zardoblar yaratilgan. U vaboga qarshi innovatsion vaksina yaratishga beqiyos hissa qoʻshgan.

Akademik Abduraxim Abidovning 160 dan ortiq ilmiy ishlari, jumladan, 3 ta monografiya, shuningdek, mikrobiologiya, epidemiologiya, virusologiya, infeksiologiya va parazitologiya sohalarida 300 dan ortiq maqolalari chop etilgan. U atipik dizenteriya bakteriyalarining hosil boʻlish mexanizmlarini oʻrgangan va ularni aniqlash usullarini taklif qilgan.

Abduraxim Abidov boshqa mamlakatlardagi hamkasblari bilan yaqindan hamkorlik qilgan, shuning uchun u Suriya Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan oʻzaro tajriba almashib turgan, shuningdek, Hindiston bilan mikrobiologiya sohasida hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashgan. Abduraxim Abidov Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy tadqiqot institutiga rahbarlik qilgan yillarda Oʻzbekiston dunyoning 24 ga yaqin davlatiga vaksina va zardob eksport qiladigan yetakchi davlatlardan biri boʻlgan.

Abidov Abduraxim Abidovich SSSR mikrobiologlar, epidemiologlar, virusologlar va parazitologlar jamiyati boshqaruvining aʼzosi hamda Qozogʻiston SSR mikrobiologlar, epidemiologlar, gigienistlar va yuqumli kasalliklar birlashgan jamiyatining faxriy aʼzosi boʻlgan.

Abidov Abduraxim 2010-yilning 21-iyul kuni Toshkent shahrida vafot etgan[4].

  1. „Ранее состоявшиеся члены Академии наук РУз.“. — „Академия Наук Республики Узбекистан.“.
  2. Akademik Abduraxim Obidov // Pravda Vostoka. – 2010. – № 142 (23 iyulya).
  3. „АБИДОВ Абдурахим Абидович. Фрактал HD.“. 2021-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-oktyabr.
  4. Akademik Abduraxim Obidov // Narodnoe slovo. – 2010. – № 145 (23 iyulya).