Kontent qismiga oʻtish

Abdurrahmon ibn Oiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Abdulloh Abdurrahmon ibn Oiz al-Azdiy as-Sumoliy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 702-yildan soʼng (hijriy 83-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis, tobeʼin

Abdurrahmon ibn Oiz (arabcha: عبد الرحمن بن عائذ — Abu Abdulloh Abdurrahmon ibn Oiz al-Azdiy as-Sumoliy,? −83/702 y.dan so‘ng,?) — muhaddis, tobeʼin.

Manbalarda al-Kindiy, al-Himsiy, al-­Yahsubiy, as-Sumoliy (as-Sumoniy) nis­balari bilan tanilgan Abdurrahmon ibn Oiz, baʼzi biograflarning fikricha sahoba hisoblansa-da, aslida tobeʼinlardan bo‘lgan buyuk olimdir. Ishonchli roviy deb tan olingan. Umar, Ali, Muoz ibn Jabal, Abu Zarr, Abdulloh ibn Amr ibn Os, Irboz ibn Soriyalar kabi ko‘p­lab sahobalardan hadis rivoyat qilgan. Shomliklarning odatiga ko‘ra, Payg‘ambar va baʼzi sahobalardan shaxsan rivoyat qilgan mursal rivoyatlari ham bor.

Mahfuz ibn Alqama, Simok ibn Harb, Safvon ibn Amr, Yahyo ibn Jobir va boshqalar undan hadis rivoyat qilganlar.

Asirlik davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdurrahmon ibn Oiz Hajjojga qarshi kurashgan Ibn al-Ash’as qo‘mondonligidagi qo‘shin tarkibida bo‘lgan (702-yil) va Jamojim mojarosida asir olingan. Hajjoj huzuriga olib kelinganida, Hajjoj undan kechani qanday o‘tkazganini so‘raydi. U: "Alloh ham, shayton ham, o‘zim ham istamagan holatda o‘tkazdim", deydi. Hajjojning „bu nima deganing?“ — degan savoliga u: „Alloh kechani ibodat bilan o‘tkazishimni istardi, men bajara olmadim. Shayton fosiq va dinsiz holda o‘tkazilgan kechani orzu qilardi, men uni ham qilmadim. Men esa ozodlikda, oila aʼzolarim bilan birga bo‘lishni istardim, u ham bo‘lmadi“, deb javob qiladi. Shundan so‘ng, Hajjoj uni ozod qiladi.

An-Nasoiy tomonidan ishonchli deb qabul qilingan Abdurrahmon ibn Oizning rivoyatlari to‘rt mashhur „Sunan“dan joy olgan.

Abdurrahmon ibn Oizning qayerda va qachon vafot etgani haqida aniq maʼlumot yo‘q. Undan ko‘p kitoblar qolgan. Himsliklar uning kitoblarida ahkomga doir hadis topsalar, unga bo‘lgan hurmat va ishonchlaridan hadisni masjid eshigiga osishga harakat qilardilar[1].

  1. Al-Buxoriy. At-Tarӣx al-kabӣr. — Haydar­obod: 1360-80/1941-60. V, 324-325;
  2. Ibn Abu Hotim. Al-Jarh va-t-taʼdӣl. — Haydarobod: 1371-73/1952-53. Bayrut: V, 270;
  3. Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1390-93/1970-73. III, 464;
  4. Az-Zahabiy. Siyar. IV, 487-489;
  5. Ibn Hajar. Al-Isāba. Qohira: 1328. II, 405; III, 151;
  6. Ibn Hajar. Tahzӣb at-tahzӣb. VI, 203-204.
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.