Abdurrahmon ibn Udays
Abdurrahmon ibn Udays | |
---|---|
Abdurrahmon ibn Udays ibn Amr
ibn Ubayd ibn Kilob ibn Duhmon ibn Gʻanm ibn Hamim ibn Zahl ibn Haniy ibn al-Balaviy | |
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
milodiy 656-657-yil (hijriy 36-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | sahoba |
Abdurrahmon ibn Udays (arabcha: عبد الرحمن بن عدیس — Abdurrahmon ibn Udays ibn Amr ibn Ubayd ibn Kilob ibn Duhmon ibn Gʻanm ibn Hamim ibn Zahl ibn Haniy ibn al-Balaviy,? — 36/656-57, Falastin) — sahoba.
Xalifa Usmonning shahid etilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bay’at ar-rizvonda ishtirok etgan va Usmonning shahid etilishida qatnashgan. Misr fathida ishtirok etgan va u yerda makon topgan. Misrdan Madinaga yo‘lga chiqqan to‘rt harbiy qismdan birining qo‘mondoni bo‘lgan. Bu holatdan xabar topgan xalifa Usmon, tarkibida Ali va Muhammad ibn Maslamalar bo‘lgan o‘ttiz (yoki ellik) kishidan iborat hay’atni isyonchilarni bostirish uchun Misrga jo‘natadi. Hay’at isyonchilarga maʼqul bo‘lmagan baʼzi masalalarning tuzatilishini xalifa nomidan vaʼda berib, ularni orqaga qaytaradi. Biroq ular Buvaybga yetib kelganlarida, xalifaning qulini Misr voliysiga yozilgan xat bilan qo‘lga oladilar. Xatda Abdurrahmon ibn Udays va uning do‘stlari Misrga qaytganlarida ularni yuz darradan urish, soch-soqollarini olib tashlash va yangi buyruq kelgunigacha hibsda ushlash yozilgan edi. Shundan keyin qo‘shin orqaga qaytib, Madinaga keladi va Usmon bilan muzokara o‘tkazadilar. Xalifa ushbu xatdan xabari yo‘qligini aytsa-da, Abdurrahmon ibn Udays va uning tarafdorlari uning so‘zlariga ishonmaydilar. Boshqa isyonchilar bilan birgalikda xalifani qirq to‘qqiz kun qamalda ushlab turib, so‘ngra shahid qiladilar.
Oʻldirilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Usmon shahid qilinganidan so‘ng, Abdurrahmon ibn Udays Misrga qaytayotgan chog‘ida, boshqa isyonchilar bilan birga Muoviyaning odamlari tomonidan ushlanib, Falastinda hibsga olinadi. Isyonchilar bir necha bor qamoqxonadan qochishga harakat qilgan bo‘lsalar-da, Falastin voliysidan qochib qutula olmaydilar. Abdurrahmon ibn Udays o‘zini qo‘lga olgan kishiga, „Holingizga voy bo‘lsin! Allohdan qo‘rq va qonimni to‘kma. Men daraxt tagida Payg‘ambarga bay’at qilgan sahobaman!“ desa-da, uning so‘zlari unga taʼsir qilmaydi. U: „Xalil tog‘ida ko‘p daraxt bor“ — deya, Abdurrahmon ibn Udaysni o‘ldiradi.
Hadislari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Misrlik tobe’inlardan Abu-l-Husayn al-Hajriy, Abdurrahmon ibn Simosa va Abu Savr al-Fahmiy kabi muhaddislar undan hadis rivoyat qilganlar[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. — Bayrut: 1388/1968. III, 65, 71; VII, 509;
- At-Tabariy. Tarӣx. — Qohira: 1960-70. — Bayrut: IV, 348, 357, 368, 378, 381;
- Ibn Abu Xotim. Al-Jarh va-t-taʼdӣl. — Haydarobod: 1371-73/1952-53. V, 248;
- Ibn Abdulbar. Al-Istӣ’āb. — Qohira: 1328. II, 411;
- Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1390-93/1970-73. III, 474;
- Ibn al-Asir. Al-Kāmil. — Leiden: 1851-76. — Bayrut: 1399/1979. III, 158, 162, 169;
- Ibn Hajar. Al-Isāba. — Qohira: 1328. II, 411;
- Selman Başaran. „Abdurrahman b. Udeys“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 176.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |