Kontent qismiga oʻtish

Abdussamad ibn abdulvohid Kufiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdussamad ibn abdulvohid Kufiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis

Abdussamad ibn Abdulvoris ibn Said Kufiymuhaddis. (vaf. milodiy 822, hijriy 207 yilda. Abdussamad Kufiy Muhaddis va roviy bo‘lgan. Hofiz va hujjati ishonchli deb e’tirof etilgan basralik muhaddis bo‘lgan. Uning otasi Abdulvohid Kufiy ham muhaddis bo‘lib, u asosiy hadis bilmlarini otasidan olgan.

Hishom Dastoviy, Ikrima ibn Ammor, Robi’ ibn Gulsum, Harb ibn Maymun, Harb ibn Abi Oliy, Harb ibn SHaddod va boshqa shu tabaqot vakillaridan hadis ilmini o‘rgangan.

Abdussamad ibn Abdulvoris ibn Said Kufiy haqida Abu Hotam shunday degan: “Abdussamad ibn Abdulvoris ibn Said ishonchli muhaddis va mohir hofizdir”.

Abdulhamid ibn Humayd ibn Nasr Keshiy, Ibn Muin, Ishoq Ibn Rohavay, Imom Bandor va Imom Zuhaliylar Abdussamad ibn Abdulvoris ibn Said Kufiydan Hadis ilmini o‘rganishgan[1].


  1. Shukurillo Umarov “Abdulhamid Keshiy hayoti va ilmiy merosi” Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2013 yil.