Abel Pacheco
Qiyofa
Pacheko Abel de la Espriella (1933-yil, 22-dekabr, San-Xose) – Kosta-Rika davlat arbobi. Kosta-Rika Milliy universiteti va AQSHning Luiziana davlat universitetini tugatgan. Psixiatriya klinikasi direktori, Kosta-Rika universitet tibbiyot fakulteti professor (1973–76), televideniye sharhlovchisi, mualliflik televizion dasturlarini olib boruvchi (1976–96), shu jumladan, Kosta-Rika Sotsial-xristian birlik partiyasi prezidenti (1996), Sotsial-xristian birlik partiyasidan Kosta-Rika parlamentida kongress aʼzosi (1998–2002). 2002-yil 7-apreldan Kosta-Rika Respublikasi prezidenti lavazomlarida ishlagan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |