Kontent qismiga oʻtish

Kosta-Rika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kosta Rika Respublikasi
República de Costa Rica
Shior¡Vivan siempre el trabajo y la paz!
(Ispancha: Koʻp yasha tinchlik va mehnat)
Madhiya: Noble patria, tu hermosa bandera
Location of Kosta-Rika
Poytaxt San Xose
Rasmiy til(lar) Ispancha
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Oskar Arias
Mustaqillik (Ispaniyadan)
• Sana
15-sentabr 1821
Maydon
• Butun
51,100 km2 (129-oʻrin)
• Suv (%)
0.7
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
4,016,173 (122-oʻrin)
• Zichlik 78/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$40,440 mil. (85-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$10,069
Pul birligi Costa Rican Colon (CRC)
Vaqt mintaqasi UTC−6
• Yoz (DST)
UTC−6
Qisqartma CS
Telefon prefiksi 506
Internet domeni .cr

Kosta-Rika (Costa Rica), Kosta-Rika Pespublikasi (República de Costa Rica) — Markaziy Amerikada joylashgan davlat. Maydoni 51,1 ming km². Aholisi 3,77 mln. kishi (2001). Poytaxti — SanXose shahri Maʼmuriy jihatdan 7 viloyat (provincia)ra, viloyatlar kantonlarga, kantonlar okruglarga boʻlinadi.BMT aʼzosi Markaziy Amerikaning eng kichik davlatlaridan biri boʻlgan Kosta-Rika ikki qitʼani bogʻlovchi yerlarda joylashgan. Poytaxti San-xose shahri boʻlgan bu davlat 1947-yildagi kelishuvga koʻra AQSh, Chili, Kuba kabi davlatlarga ishonib, hotirjam kun koʻradi.[1]

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kosta-Rika — respublika. Amaldagi Siyosiy Konstitutsiyasi 1949-yil 7-noyabrda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident (2002-yildan A. Pacheko); u aholy tomonidan toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi. Prezident bevosita 2-muddatga qayta saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi majlis (bir palatali parlament) amalga oshiradi; uning 57 deputati toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil ga saylanadi. Ijroiya hokimiyat prezident tomonidan vazirlar mahkamasi yordamida amalga oshiriladi.

Mamlakat hududining koʻp qismi togʻliq. Soʻnmagan vulkanlar (Irasu — 3432 m, Poas — 2704 m va boshqalar) bor. Kordilyera-de-Talamanka tizmasidagi Chirripo-Grande togʻi (3820 m) Kosta-Rikadagi eng baland choʻqqidir. Karib dengizi sohili botqoqli; Tinch okean sohilida qoʻltiq va yarim orol koʻp. Temir rudasi, oltingugurt, boksit, kumush, oltin, neft, marganets, simob konlari bor. Iqlimi — subekvatorial, tropik, passat iqlim. Pasttekisliklarda yanvarning oʻrtacha temperaturasi 23°, iyulniki 25°. Yillik yogin sharqida 3000 mm, gʻarbida 1000–1500 mm gacha. Daryolari tez oqar va sersuv, quyi qismlarida kema qatnaydi. Yirik daryolari — San-Xuan, Rio-Frio. Mamlakat hududining salkam 65%ni egallagan nam tropik urmonlarda palma, eben, qizil, pushti daraxtlar, togʻ yon bagʻirlarida dub oʻsadi. Vulkan konuslaridagi (2700–3000 m) butazor va oʻtloqlardan yaylov sifatida foydalaniladi. Tinch okean sohilida savannalar bor. Hayvonot dunyosi boy va xilma-xil. Maymunlar, puma, yaguar, tapirlar, zirxlilar, jayra va boshqa yashaydi. Kirgʻoqqa yaqin suvlarida ovlanadigan baliqkoʻp. Milliy bogʻlari: Korkovado, BraulioKorrilo, Chirripo.

Aholisining aksari kostarikanlar— asosan, 16—17-asrlarda Ispaniyadan kuchib borganlarning avlodlari (87%); metislar, negr va mulatlar ham yashaydi. Tub aholisi — indeyslar (bribrlar, boruka va boshqalar) 1% ga ham yetmaydi. Rasmiy til — ispan tili. Davlat dini— katolik dini. Aholisining 44,3% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: San-Xose, Limon, Turrialba va boshqa

Hozirgi Kosta-Rika hududida qadimdan indeys qabilalari yashagan, sohillarda ular ovchilik, baliq ovlash bilan shugʻullangan. Markaziy togʻlik joylarda indeyslar dehkrnchilik, oltin, mis eritish, kulolchilik bilan shugʻullangan. 1502-yil Kosta-Rika (ispanchaboy sohil) X. Kolumb tomonidan kashf etilib, Nuevo-Kartago deb atalgan. Kosta-Rikaga 1513-yilda ispanlar bostirib kirdi. 1560-yilda mamlakat Gvatemala tarki-biga qushib olindi. 60-yillarga kelib ispanlar Kosta-Rika hududini batamom egallab oldi. 16-asrda Kartago (Kosta-Rika poytaxti), 18-asrda Erediya, San-Xose va boshqa shaharlar barpo etildi. 1810-yildan Kosta-Rika aholisi ispan hukmdorlariga qarshi kurashdi va 1821-yil 15-sentabrda mustaqillikka erishdi. 1822-yil mamlakat Meksika imperiyasiga kushildi. 1823-yilda esa Markaziy Amerika Birlashgan viloyatlari federatsiyasi tarkibiga kirdi. Shu yildan San-Xose shahri Kosta-Rika poytaxti boʻlib qoldi. 1825-yil Kosta-Rikaning birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi va Kosta-Rika mustaqil davlat sifatida ajralib chikdi (1838).

50-yillar oxiridan mamlakat iqtisodiyoti tez rivojlana boshladi. 1901-yil Milliy respublika partiyasi tashkil topdi. 1920-yil ishchilar yalpi ish tashlab, 8 soatlik ish kuni joriy qilinishiga erishdilar. 1941-yilda K.R. fashistlar Germaniyasiga urush eʼlon qildi. R. A. Kalderon hukumati mehnatkashlar talabi bilan bir qancha demokratik isloxrtlar oʻtkazdi.

1948-yilda mamlakatda fuqarolar urushi boshlandi. Nikaragua diktatori A. Somosa qoʻshinlari madadi bilan reaksion kuchlar gʻalaba qildi. 1953—1958-yillarda hukumat iqtisodiyotda davlat sektorini mustahkamladi. 1970—1974-yillarda ichki siyosiy turmushni demokratiyalash va millim suverenitetni mustahkamlash choralarini koʻrdi. 1986-yilda prezident etib saylangan O. Ari-as betaraflik siyosatini olib bordi. Kosta-Rika — J945 yildan BMT aʼzosi. 2001-yil iyunda Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. Milliy bayrami — 15-sentabr — Mustaqillik kuni (1821).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Milliy ozodlik partiyasi, 1945-yilda tuzilgan; Milliy ittifoq partiyasi, 1947-yil asos solingan; Sotsial-xristian birlik partiyasi, 1983-yil tashkil etilgan; Kostarikan xalqi partiyasi, 1984-yil tuzilgan. Kosta-Rika mehnatkashlari unitar konfederatsiyasi, 1980-yil asos solingan; Kosta-Rika demokrat mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1966-yil asos solingan.

Kosta-Rika — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi ulushi 22%, sanoat ulushi 27%. Iqtisodiy faol aholining 30% qishloq xoʻjaligida, 15% sanoatda band. Mayda va oʻrtax.ol dehqonlar koʻpchilikni tashkil qiladi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotining 60% dan koʻprogʻi chetga sotiladi. Texnika ekinlaridan shakarqamish, abaka, tamaki, shuningdek, sholi, makkajoʻxori, oq joʻxori, kofe, banan, kakao, sitrus va boshqa yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy, echki boqiladi. Baliq ovlash rivojlangan. 1 yilda 3,9 mlrl. Kilovatt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, yogʻochsozlik, sement ishlab chiqarish, metallsozlik, avtomobil yigʻish, neftni qayta ishlash va kimyo korxonalari bor. Iqtisodiyotning kimyo, rezinatexnika, metallurgiya, sellyulozaqogʻoz tarmoqlari, chet el sayyohligi rivojlangan. Asosiy sanoat markazi — San-Xose shahri Kosta-Rikada 1,4 ming km temir yoʻl, 26 ming km avtomobil yoʻli bor. Asosiy portlari: Limon va Puntarenas. 2 aeroport bor. Kosta-Rika chetga kiyim-kechak, kofe, banan, kakao, qand-shakar, goʻsht, ki-myoviy tovarlar chiqaradi. Chetdan transport vositalari, yoqilgʻi, oziq-ovqat keltiradi. AQSH, Germaniya, Markaziy Amerika mamlakatlari bilan savdo qiladi. Pul birligi — kolon.

Tibbiy xizmati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kosta-Rika da tibbiy xizmat, asosan, davlat tasarrufida. Xususiy shifoxonalar ham bor. Vrachlar San-Xosedagi universitetning tibbiyot fakultetida tayyorlanadi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1973-yilda majburiy 9 yillik taʼlim joriy qilingan, birok amalda boshlangʻich taʼlim majburiydir. Taʼlimning barcha bosqichlari — bepul. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati — 6 yil, oʻrta maktabda — 5 yil Kosta-Rika da 5 universitet, shu jumladan, San-Xosedagi Kosta-Rika universiteti (1843), Eredia shahrida Milliy universitet (1973) bor. San-Xoseda Lingvistika akademiyasi (1923), Tarix va geografiya akademiyasi, Atom energiyasi milliy komissiyasi (1967), Milliy ilmiy jamgʻarma, Milliy geografiya instituti (1944) va boshqa ilmiy muassasalar, Milliy kutubxona (1888), universitet kutubxonasi, Milliy muzey (1887) va Milliy teatr galereyasi mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kosta-Rika da bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Eng yiriklari: "Nason" ("Millat", kundalik gaz., 1946-yildan), "Republika" ("Respublika", kundalik gaz., 1950-yildan), "Prensa libre" ("Erkin matbuot", kundalik kechki gaz., 1889-yildan), "Ora" ("Soat", kundalik gaz., 1946-yildan), "Gaseta" ("Gazeta", kundalik gaz., 1878-yildan), "Libertad" ("Ozodlik", haftalik gaz., 1962-yildan), "Abaniqo" ("Yelpigʻich", haftalik jurnal,), "Polemika" ("Bahs", jurnal, 1981-yildan). Radioeshittirishlarni nazorat qiluvchi milliy boshqarma va hukumat telestansiyasi mavjud. Bir qancha tijorat telestansiyalari qam ishlaydi. Telekoʻrsatuvlar 1960-yildan olib boriladi.

Kosta-Rika mustamlaka davri va undan ilgarigi adabiyoti kam oʻrganilgan. Mamlakat mustaqillikka erishganidan keyin Kosta-Rika adabiyoti mustaqil rivojlana boshladi. 1890—91 yillarda bir necha shoirning "Kosta-Rika nazmi" toʻplamida milliy oxanglar yangradi. 20-asr boshlarida xalq turmushi aks ettirilgan koʻplab hikoyalar, qis-salar, dramalar va sheʼrlar yozildi. 10— 30-yillar ijod etgan K. Gaxini, X. Kardona, K. Lira romanlarida ijtimoiy muammolar yoritildi. 30—40-yillar adabiyotida turli oqimlar paydo boʻldi. M. Ximenes, R. Brenes Mesen kabi yozuvchi va shoirlar "Sanʼat sanʼat uchun" nazariyasini targʻib qildilar. K. L. Falyasning "Mamita Yunay", "Markoye Ramires" kabi romanlarida ijtimoiy kurash mavzui oʻz ifodasini topdi. X. Marin Kanyans, X. Gutyerres, F. Dobles va boshqa yozuvchilarning romanlarida, X. M. Seledon, G. Dobles va boshqa shoirlar ijodida, X. L. Sanches, D. Galyegos Troyo va boshqa novellalarida ijtimoiy-tanqidiy tamoyillar rivoj-lantirildi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kosta-Rikaning qadimgi sanʼati Meksika, Panama va Kolumbiya madaniyati bilan mushtarak. Boʻrtma tosh mehroblar, bahaybat toshlardan yasalgan boshlar, odam va hayvon gavdalari, sopol haykalchalar, qimmatbaho toshlardan, oltin va mis qotishmalaridan yasalgan narsalar, shakl va taqinchoqlar saqlangan. 18-asrgacha bunyod etilgan qurilishlar zilzilalar va qaroqchilar hujumi natijasida vayron boʻlgan. Mustamlaka davrida shaharlar (San-Xose, 1737—38) barpo etila boshladi. Ular toʻgʻri rejali qilib qurilgan va koʻkalamzorlashtirilgan. Xom va pishiq gʻishtdan qurilgan hovlili uylardan tashqari bir qavatli beton imoratlar ham koʻp. Indeyslarning turar joylari palma poyalaridan qurilgan. Erediya va Orosi shaharlarida barpo etilgan cherkovlar haligacha saqlanib qolgan.

Tasviriy sanʼati 19-asrda paydo boʻldi (haykaltaroshlar F. Gutyerres, X. Mora Gonsales, rassom E. Egandi Montero). 20-asrning 20-yillarida manzarachilar, mahalliy grafikachilar maktabi tashkil etildi (F. Amigetti, M. de la Krus Gonsales va boshqalar); ayniqsa, haykaltarosh F. Suniganing xalq hayoti asosida yaratgan indeyslar qiyofasi diqqatga sazovor. Xalq sanʼatida hunarmandchilik, oʻymakorlik, toʻqimachilik, kashtadoʻzlik, kulolchilik va boshqa rivojlangan.[2]

  1. Abdulatif Atxamov. ARMIYASIZ DAVLATLAR, 29-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 23-oktabr 2013-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil