Kontent qismiga oʻtish

Abelsonit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abelsonit
Asosiy
Formulasi NiC31H32N4[1].
Ixtiro qilingan yili 1975
IMA tizimi boʻyicha
Oilasi organik minerallar
Fizik xususiyatlari
Rangi Qizil, pushti, jigarrang[2]
Qirra rangi Pushti
Yaltiroqlik Olmosdan yarim metallgacha
Shaffoflik yarim shaffof
Qattiqlik 2-2,5
Sinishi moʻrt
Zichligi 1,45 g/sm³
singoniyasi Triklin
Abelsonit

Abelsonit (NiC31H32N4) — nikel porfirin boʻlgan organik noyob mineral. Mineral birinchi marta 1969-yilda Yuta shtatining Uintah okrugidagi „Western Oil Shale“ korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yadro namunasida qayd etilgan. Keyinchalik 1975-yil AQSHning sharqiy Yuta shtatidagi Green River konida slanestlar namunalarida aniqlangan. Abelsonit yagona kristalli geoporfirindir. Mineral Karnegi instituti sobiq prezidenti, organik kimyo asoschilaridan biri, geokimyogar Filipp X.Abelson sharafiga nomlangan[3].

Abelsonit triklin strukturaga ega ikkilamchi mineral boʻlib u yonuvchi slanestlar va togʻ jinsining katta-kichik boʻshliqlarida hosil boʻladi. Qizil, pushti, pushti-binafsha, jigarrang ranglarga ega yarim shaffof mineral[4].Koʻpincha abelsonit albit, dolomit, slyuda, ortoklaz, pirit va kvars minerallari bilan bogʻlangan holda uchraydi[1]. Benzol va atseton yaxshi eriydi ammo suyultirilgan xloridli kislota va suyultirilgan nitrotli kislotalarda umuman erimaydi. 1989-yilda abelsonit kristalli tuzilishga ega boʻlgan yagona geoporfirin edi. Koʻpgina geoporfirinlar uglerod sonlarining katta diapazonini qamrab olgan bir qator gomologlar sifatida paydo boʻladi. Abelsonitni oʻz ichiga olgan porfirin keng tarqalgan, ammo u odatda boshqa porfirinlardan ajratilgan holda uchramaydi. Mineral deoksofilloeritroetioporfirin (DPEP) boʻlib, porfirin halqasining markazini nikel egallaydi. Mineralning katta qismi C31 porfirindan, oz miqdorda C30 noizomerdan iborat.

Abelsonitning tuzilishi

Mineral birinchi marta 1969-yilda Yuta shtatining Uintah okrugidagi „Western Oil Shale“ korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yadro namunasida aniqlangan. 2003-yilda Abelsonit birinchi marta toʻliq oʻrganilib chiqiladi. Hozirgi kunda Abelsonitning turli noyob namunalari Londoning „Natural History Museum“ muzeyida va Vashingtondagi „National Museum of Natural History“ muzeylarida saqlanadi.

  1. 1,0 1,1 „Handbook of Mineralogy. Chantilly, VA: Mineralogical Society of America.“. handbookofmineralogy.org. Qaraldi: 8-iyun 2022-yil.
  2. „Abelsonite". Webmineral. Retrieved January 2, 2013“. webmineral.com. Qaraldi: 8-iyun 2022-yil.
  3. „Abelsonit“. mindat.org.
  4. „Abelsonite". Webmineral. Retrieved January 2, 2013“. webmineral.com. Qaraldi: 8-iyun 2022-yil.