Abrazion terrasa
Qiyofa
Abrazion terrasa — abraziya na-tijasida hosil boʻlgan dengiz tubining sohil qismi. Abrazion terrasaning koʻndalang kesi-mi qavariq egri chiziqdan iborat boʻlib, qirgʻoqda qiyaligi kam. Qadimgi Abrazion terrasa koʻmilgan (suv ostida qolgan) yoki dengiz sathidan koʻtarilgan boʻladi. Bir necha koʻtarilgan Abrazion terrasa majmui terrasalangan tekisliklarni hosil qiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |