Abraziya (geologiya)
Qiyofa
Abraziya (geologiyada) — toʻlqin taʼsirida dengiz, koʻl va yirik suv om-borlari qirgʻogʻining yemirilishi va te-kislanishi. Yemirilishdan paydo boʻlgan jinslar suv bilan yuvilib dengiz tubiga choʻkadi. A. tezligi qirgʻoqning geologik tuzilishi hamda toʻlqin kuchiga bogʻliq. A. natijasida abrazion terrasa paydo boʻladi. Abrazion terra-saning kengayi-shi natijasida A. asta-sekin soʻnadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |