Abtaa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Abtaa أبطع | |
---|---|
Qishloq | |
32°47′30″N 36°9′9″E / 32.79167°N 36.15250°E | |
Mamlakat | Suriya |
Muhofaza | Idlib |
Tuman | Daraa okrugi |
Kichik okrug | Daʼel |
Aholisi (2004) |
14,283[1] |
Vaqt mintaqasi | UTCEET +2; +3 |
|
Abtaa (arabcha: أبطع; transliteratsiya: Ibṭaʿ. Shuningdek, Ibta yoki Obteya deb ham talaffuz qilinadi) Suriya janubidagi shaharcha. Maʼmuriy jihatdan Daraa muhozafasining Daraa okrugi tarkibiga kiradi. Shaharcha janubda Daʼel, janubi-sharqda Xirbet Gʻazale, sharqda Namer, shimoli-sharqda Qarfa va shimolda Shayx Maskin bilan chegaradosh. Suriya Markaziy Statistika Byurosi (CBS) maʼlumotlariga koʻra, 2004-yil aholini roʻyxatga olishda Abtaa aholisi 14,283 kishini tashkil qilgan[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abtaa tarixi qadimgi davrlarga borib taqaladi. Hudud nomi islomdan oldingi davrga oid suryoniy matnlarida tilga olingan[2].
1596-yilda Abtaa Usmoniylar soliq maʼlumotlarida Bita nomi bilan tilga olinib, Hauran sanjogʻidagi Bani Malik al-Asraf nohiyasi tarkibiga kirgan. Hududda 44 xonadondan iborat mutlaq musulmon aholi istiqomat qilgan. Qishloq aholisi turli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, jumladan bugʻdoy, arpa, yozgi ekinlar, echki va asalari uyalari uchun 40% miqdorida qatʼiy belgilangan soliq stavkasi, jami 5000 akçe soliq toʻlagan[3].
1838-yilda hudud Musulmon qishlogʻi sifatida eʼtirof etilgan boʻlib, Nukra okrugi tarkibiga kirgan va Shayx Maskin janubida joylashgan[4]. 1850-yillarda gʻarblik sayohatchi Josias Leslie Porter Abtaada bir qator yirik „bazaltdan qurilgan eski uylar va bir nechta singan ustunlar“ borligini taʼkidlagan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Honigman, E. (1995). "Al-Nukra". The Encyclopedia of Islam, New Edition, Volume VIII: Ned–Sam. Leiden and New York: BRILL. p. 114. ISBN 90-04-09834-8. https://books.google.com/books?id=OO4pAQAAMAAJ&dq=.
- Hütteroth, Wolf-Dieter; Abdulfattah, Kamal. Historical Geography of Palestine, Transjordan and Southern Syria in the Late 16th Century. Erlanger Geographische Arbeiten, Sonderband 5. Erlangen, Germany: Vorstand der Fränkischen Geographischen Gesellschaft, 1977. ISBN 3-920405-41-2.
- Porter, J.L.. A Handbook for Travellers in Syria and Palestine. Murray, 1858.
- Robinson, E.; Smith, E.. Biblical Researches in Palestine, Mount Sinai and Arabia Petraea: A Journal of Travels in the year 1838. Boston: Crocker & Brewster, 1841.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Map of town, Google Maps
- Cheik Meskin-map; 21L