Abu-l-Abbos Ahmad al-Bujayriy
Abu-l-Abbos Ahmad al-Bujayriy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 982-yil (hijriy 372-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis, roviy |
Abu-l-Abbos Ahmad al-Bujayriy (arabcha: أبو العباس أحمد البجيري) — Abu-l-Abbos Ahmad ibn Abu-l-Hasan Muhammad ibn Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Bujayr ibn Hozim as-Sug‘diy al-Xushufag‘niy) — muhaddis va roviy.
Hayoti va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ahmad al-Bujayriy va Ahmad al-Xushufag‘niy nomlari bilan ham mashhur bo‘lgan. Dastlabki ilmini tug‘ilib o‘sgan qishlog‘i Xushufag‘nda, bobosi Abu Hafs al-Bujayriydan olgan. Manbalarda keltirishicha, Abu-l-Abbos Ahmad al-Bujayriy bobosining „Al-Jāmi’ as-sahӣh“ („Ishonchli to‘plam“) va „Kitāb as-safӣna“ („Kema kitobi“) asarlaridan tahsil olgan va ularni to‘liq o‘zlashtirgan. Keyinroq Abu-l-Abbos Ahmad al-Bujayriy o‘z davrining yetuk muhaddislaridan hadis eshitgan va yozib olgan. O‘z navbatida, undan ham bir qancha muhaddislar hadis rivoyat qilganlar.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu-l-Abbos Ahmad al-Bujayriy 372-yil rabi’ul-avval (milodiy 982-yil avgust–sentabr) oyida vafot etgan[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- As-Sam’oniy. Al-Ansāb. — Bayrut: „Dor al-fikr“, 1998. II, 370;
- Abdulkarim as-Sam’oniy. Nasabnoma. — T.: „Hilol-nashr“, 2017. 168-169.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |