Abu-l-Barakot al-Anboriy
Kamoluddin Abu-l-Barakot Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Ubaydulloh ibn Abu Sa’id
al-Ansoriy al-Anboriy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 1119-yil (hijriy 513-yil) |
Vafoti |
milodiy 1181-yil (hijriy 577-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | tilshunos, nahv olimi |
Abu-l-Barakot al-Anboriy (arabcha: أبو البركات الأنباري) — Kamoluddin Abu-l-Barakot Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Ubaydulloh ibn Abu Saʼid al-Ansoriy al-Anboriy) — tilshunos, nahv olimi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hijriy 513-yil rabi’us-soniy (milodiy 1119-yil iyul) oyida Bag‘dodda tug‘ilgan. Abu Mansur Mavhub al-Javoliqiy (1073-1144-yillar) va Ibn ash-Shajariylardan taʼlim olgan. Uning eng qimmatli asari til tarixiga oid bo‘lib, uning vujudga kelishidan boshlab to muallifning o‘zigacha bo‘lgan davrni qamrab olgan bir qator maʼlumotlar o‘rin olgan. Ushbu kitob maʼlumotlarining qiymati bilan bir qatorda, o‘sha davrdagi arab mualliflari asarlaridagi o‘ziga xos xususiyatlari bilan ham ajralib turadi. Bundan tashqari, Abu-l-Barakot al-Anboriyning eʼtiborga molik asarlaridan yana biri Kufa va Basra nahv maktablari o‘rtasidagi farqlar haqidagi „Al-Insāf fӣ masāil al-xilāf bayna-n-nahviyyӣn al-basriyyӣn va-l-kufiyyӣn“ asari hisoblanadi.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu-l-Barakot al-Anboriy umri davomida biror marotaba Bag‘dodni tark etmagan. Sha’bon oyining to‘qqizinchi kunida (19-dekabr) Bag‘dodda vafot etgan.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyidagi asarlar ham Abu-l-Barakot al-Anboriyga nisbat berilgan:
- „Al-Ig‘rāb fӣ jadal al-aʼrāb“;
- „Nuzha al-alibbā fӣ tabaqāt al-udabā“;
- „Al-Balāg‘a fi-l-farq bayna al-muzakkar va-l-muannas“;
- „Asrār al-’arabiyya“;
- „Al-Bayān fӣ g‘arӣb i’rāb al-Qur’ān“;
- „Umda al-udabā fӣ maʼrifa mā yuktab fӣhi bi-l-alif va-l-yā“[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- V. A. Zveginsev. Istoriya arabskogo yazikoznaniya. Kratkiy ocherk. — Moskva: „KomKniga“, 2007. 63-64.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |