Abu-l-Baxtariy Saʼid ibn Feruz
Abu-l-Baxtariy Sa’id ibn Feruz at-Toiy al-Kufiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 701-yil (hijriy 82-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | tobeʼin, muhaddis, faqih |
Abu-l-Baxtariy Saʼid ibn Feruz (arabcha: أبو البختري سعيد بن فيروز — Abu-l-Baxtariy Saʼid ibn Feruz at-Toiy al-Kufiy) — kufalik faqih va muhaddis, tobeʼin.
Abu-l-Baxtariy, Saʼid ibn Feruz asli arab millatidan bo‘lmagan Toy qabilasining asoschilaridan. Kufada yashagani uchun al-Kufiy nisbasi va Ibn Abu Imron ismi bilan ham zikr qilinadi.
Hadislari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu Barza al-Aslamiy, Ibn Abbos, Ibn Umar, Abu Saʼid al-Xudriy kabi sahobalardan hadis rivoyat qilgan. Undan esa Amr ibn Murra, Ato ibn Soib, Habib ibn Abu Sobit, Yazid ibn Abu Ziyod kabi tobeʼinlar hadis rivoyat qilganlar.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kufalik faqih va hofiz Habib ibn Abu Sobit Abu-l-Baxtariy Saʼid ibn Feruz va taniqli hadis hofizi, qori va mufassir Saʼid ibn Jubayrlar o‘zaro suhbat qurganlarini zikr qila turib, ular ichida olimrog‘i va faqihi Abu-l-Baxtariy Saʼid ibn Feruz ekanini naql qilgan. Abu-l-Baxtariy Saʼid ibn Feruz xalifa Abdulmalik ibn Marvon davrida Kufa voliysi bo‘lgan Hajjojga qarshi isyon qilgan Ibn al-Ash’asni qo‘llab-quvvatlagan olimlardan. Ibn Siriynning maʼlum qilishicha, yaqin do‘stlari uni o‘zlariga rahbar bilib, hurmat qilishar edi.
Oʻldirilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu-l-Baxtariy Saʼid ibn Feruz Hajjojga qarshi bo‘lib o‘tgan Dayr al-jamojim jangida o‘ldirilgan. U Bag‘dod yaqinidagi Dujayl degan joyda o‘ldirilgani haqida ham maʼlumot mavjud.
Manbalarda Abu-l-Baxtariy Saʼid ibn Feruz qayg‘uli xabar eshitganda darrov yig‘laydigan darajada taʼsirchan va o‘ta kamtar shaxs bo‘lgani ham maʼlum qilingan[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Imom al-Buxoriy. At-Tarӣx al-kabӣr. III, 506. Ibn Saʼd. At-Tabaqāt. VI, 292-293;
- Ibn Abu Hotim. Al-Jarh va-t-taʼdӣl. IV, 54;
- Az-Zahabiy. Siyar. IV, 279;
- Az-Zirikliy. Al-Aʼlām. III, 99;
- Osman Eskicioğlu. „Ebü’l-Bahterî, Saîd b. Fîrûz“. TDV İA. — İstanbul: 1994. X, 296-297.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |