Abu-l-Muzaffar
Abu-l-Muzaffar Muhammad ibn Ahmad al-Umaviy al-Muoviy al-Abivardiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | taxminan milodiy 1065-yil (hijriy 457-yil) |
Vafoti |
milodiy 1113-yil (hijriy 507-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | shoir, adib, axbor, ansob olimi |
Al-Abivardiy, Abu-l-Muzaffar (arabcha: الأبيوردي، أبو المظفر — Abu-l-Muzaffar Muhammad ibn Ahmad al-Umaviy al-Muoviy al-Abivardiy, taxminan 457/1065, Xuroson — 507/1113, Isfahon) — shoir, adib, axbor va ansob olimi.
Nasabi Abdumanofga ulangan va umaviylardan Anbasa ibn Abu Sufyon naslidan bo‘lgan al-Abivardiy Xurosonga qarashli Abivard yaqinidagi Kufan shahrida dunyoga kelgan.
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]U Ismoil ibn Mas’adat al-Jurjoniy, Abdulvahhob ibn Muhammad ibn Shahid, Abu Bakr ibn Xalaf ash-Sheroziy, Abu Muhammad Hasan ibn Ahmad as-Samarqandiy va Abdulqohir al-Jurjoniylardan taʼlim olgani hamda o‘zi ham ko‘plab shogirdlar yetishtirgani manbalarda zikr qilingan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshlik yillarida Bag‘dodga safar qilgan. U yerda xalifalar, sultonlar va davrining mashhur shaxslarining himoyasida bo‘lgan. Ular orasida xalifa Muqtadiy-bi-amrillah, o‘g‘li va xalafi Mustazhir-billah, Sulton Malikshoh va o‘g‘li Sulton Muhammad Tapar, Vazir Nizomul-mulk bilan o‘g‘li Muayyidul-mulklarni zikr qilish mumkin. Muayyidul-mulkning xizmatida bo‘lgan payt xalifaning vaziri Amidud-davlani hajv qilganida vazir uning Abbosiy xalifasini kamsitib, Fotimiy xalifasini maqtaganini aytib, uni xalifa Muqtadiyga shikoyat qiladi. Shu bois Abu-l-Muzaffar Hamadonga qochadi. Arab tili va adabiyotidagi bilimi ustunligi sababli Nizomul-mulkning o‘g‘li Ziyoul-mulkning xizmatiga keltiriladi. Ziyoul-mulkning o‘limi sababli Isfahonga safar qilib, u yerda Bursukning o‘g‘illariga ustozlik qiladi. Keyinchalik Sulton Muhammad Tapar tomonidan mushriful-mamolik etib tayinlanmasidan oldin bir muddat Bag‘doddagi Nizomiya madrasasi kutubxonasida mudir vazifasida ishlagan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]507-yil 20-rabi’ul-avval oyi / 1113-yil 4-sentabrda vafot etgan. Ibn Xallikonning „Vafayāt al-aʼyān“ asarida Abu-l-Muzaffarning o‘limi haqida berilgan 557/1162-yil kotibning xatosi bo‘lishi mumkin. Imoduddin al-Isfahoniy Abu-l-Muzaffarning Muhammad Tapar tomonidan mushriful-mamolik etib tayinlanib, xizmat chog‘ida sultonning huzurida yiqilib o‘lganini, bu holat o‘sha davrning nufuzli shaxslaridan bo‘lgan Xatir tomonidan zaharlanish oqibatida yuz berganini naql qilgan.
Manbalarda Abu-l-Muzaffarning o‘ta kuchli hofizaga ega bo‘lgani, adabiyot, nasab ilmi, grammatika, lug‘at va axborda chuqur ilmga, balog‘at va inshoda o‘ta mohir, kuchli shoir, ayni vaqtda iffatli, odil, dindor, nafosat sohibi bo‘lganini, hayotida baʼzan bo‘lib o‘tgan moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay hyech kimsadan biror narsa tama qilmagani zikr qilinadi.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu-l-Muzaffarning nasab, tarix, she’r, sheʼr tanqidi va hadis sohalaridagi o‘n beshtaga yaqin asarlari bo‘lib, ulardan ikkitasigina bizgacha yetib kelgan.
Ular:
- „Dӣvān al-Abӣvardӣ“. Bu devon „Irāqiyāt“, „Najdiyāt“ va „Vajdiyāt“ nomi bilan uch qismga bo‘lingan. (Qohira: 1317; Bayrut: 1327; Damashq: 1374-1375/1974-1975; Bayrut: 1407/1987). Bulardan „Najdiyāt“ qismi turli olimlar tomonidan sharhlangan.
Abu-l-Muzaffarning manbalarda zikr etilgan, biroq bizgacha yetib kelmagan asarlari quyidagilardir:
- „Tarӣx Abӣvard va Nasā“;
- „Qabsa al-ajlān fӣ nasab Abӣ Sufyān“;
- „Nuzha al-hāfiz“;
- „Al-Mujtabā min al-mujtanā fi-r-rijāl“;
- „Kitāb Abӣ Abdirrahman an-Nasāӣ fi-s-sunan al-maʼsӯra va sharh g‘arӣbih“;
- „Mā ixtalafa va i’talafa fӣ ansāb al-’arab“;
- „Tabaqāt al-’ilm fӣ kulli fann“;
- „Kitāb kabӣr fi-l-ansāb“;
- „Kavkab al-mutaammil“;
- „Ad-Durra as-samӣna“;
- „Sahla al-qārih“[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ibn al-Javziy. Al-Muntazam. IX, 176-177;
- Imoduddin al-Isfahoniy. Xarӣda al-qasr: al-qism al-Irāqiyya. — Bag‘dod: 1375/1955. I, 106-107;
- Yoqut. Mu’jam. XVII, 234-264;
- Ibn al-Asir. Al-Kāmil. X, 284-285;
- Ibn al-Asir. Al-Lubāb. III, 154-155;
- Ibn al-Qiftiy. Inbāh ar-ruvāt. III, 49-52;
- Ibn Xallikon. Vafayāt. IV, 444-449;
- As-Subkiy. Tabaqāt. VI, 81-84;
- Az-Zahabiy. Siyar. XIX, 283-292;
- Al-Astrobodiy. Bazmu razm. — Anqara: 1990. 20;
- F. Wüstenfeld. Die Geschichtsschreiber der Araber und ihre Werke. — Göttingen: 1882. 223;
- Serkîs. Mu’jam. I, 362;
- Brockelmann. GAL. I, 293-294;
- Suppl., I, 447;
- „Ebîverdî“. İA. IV, 6;
- Ch. Pellat. „al-Abīwardī“. EI2 (İng.). I, 100;
- L. A. Giffen. „Abīvardī“. EIr. I, 219-221;
- Cevat İzgi. „Ebîverdî“. TDV İA. — İstanbul: 1994. X, 76-77.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |