Kontent qismiga oʻtish

Hamadon

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Hamadon — Eronning gʻarbiy qismidagi shahar. Hamadon ostonining maʼmuriy markazi. Aholisi 483,8 ming kishi (2004). Avtomobil yoʻllari chorrahasi. Mamlakat gʻarbiy qis-mining muhim savdo markazi. Oziq-ovqat, yogʻochsozlik, toʻqimachilik sanoati korxonalari mavjud. Hunar-mandchilikda gilam va matolar toʻqiladi, mis va teridan turli buyumlar tayyorlanadi. Universitet bor.

Shahar miloddan avvalgi 11-asrdan maʼlum. H. nomi dastlab Ossuriya mixxatlarida Amatana, qad. fors tilida Hag-matana, yun. Agbatana yoki Ekbatana shaklida uchraydi. Miloddan avvalgi 76-asrlarda Midiya poytaxti, miloddan avvalgi 550—549 yillardan keyin Axomaniylarning yozgi qarorgohi. Salavkiylar, parfiyaliklar va sosoniylar davrida Mesopotamiyadan Sharqning boshqa mamlakatlariga oʻtuvchi savdo yoʻlining muhim markazlaridan biri. 7-asrdan Arab xalifaligi tarkibida. 11-asrda shaharni oʻgʻuzlar egalladilar. 1118—94 yillarda Gʻarbiy Erondagi Saljuqiylarga tobe boʻlgan Iroq sultonligining poy-taxti. 1220-yilda H.ni moʻgʻullar bosib olib, vayron qilganlar. 1618-asrda Safaviylar davlati tarkibida. Eron—Turkiya urushlari davrida (16—18-asrlar) bir necha bor turklar qoʻl ostiga oʻtgan[1].