Abu-z-Zinod
Abu Abdurrahmon Abu-z-Zinod Abdulloh ibn Zakvon al-Qurashiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | taxminan milodiy 684-685-yil (hijriy 65-yil) |
Vafoti |
milodiy 748-yil (hijriy 130-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | hadis hofizi, faqih, tobeʼin |
Abu-z-Zinod (arabcha: أبو الزناد — Abu Abdurrahmon Abu-z-Zinod Abdulloh ibn Zakvon al-Qurashiy) — hadis hofizi va faqih, tobeʼin.
Abu-z-Zinod uning yoqtirmagan laqabidir. Otasi Zakvon Usmonning xotini Ramla yoki qizi Oyshaning yoxud Usmon oilasidan birining ozod qilgan quli bo‘lgan. Umarning qotili Abu Lu’lu’aning inisi bo‘lgani ham zikr qilinadi.
Hadislari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sahobalardan Anas ibn Molik bilan Payg‘ambarni ko‘rgani aytilgan Abu Umoma ibn Sahldan, tobeʼinlardan esa Shaʼbiy, Usmonning o‘g‘li Abon, Saʼid ibn Musayyab, Xorija ibn Zayd va Abdurrahmon ibn Hurmuz al-Aʼraj kabi olimlardan rivoyatda bo‘lgan. Undan esa o‘g‘illari Abdurrahmon bilan Abu-l-Qosim, yoshi ulug‘ bo‘lgan Ibn Abu Mulayka bilan Solih ibn Kayson, shuningdek, Muso ibn Uqba, Hishom ibn Urva, Sufyon as-Savriy, Molik ibn Anas va Sufyon ibn Uyayna kabi muhaddislar hadis rivoyat qilganlar.
Ali ibn Madiniy uni buyuk tobe’inlardan keyinoq kelgan Madinaning to‘rt buyuk olimlaridan biri, deb hisoblagan. Sufyon as-Savriy uni „Amir al-mu’miniyn fil-hadis“ degan. [[Ahmad ibn Hanbal bilan Yahyo ibn Ma’iyn Abu-z-Zinodni ishonchli shaxs bo‘lganini ma’lum qiladilar. Ahmad ibn Hanbal yana boshqa bir qavlida «roviylari siqa bo‘lsa, rivoyatlarini olish mumkin», degan. Imom al-Buxoriyning izohiga ko‘ra, Abu Hurayraning eng ishonchli sanadi Abu-z-Zinod — Aʼraj — Abu Hurayra zanjiridir. Abu-z-Zinod fiqhga doir kitob yozgani zikr qilinadi. Biroq asarning mohiyati maʼlum emas. O‘g‘li Abdurrahmon ham Hishom ibn Urvaning eng ishonchli shogirdi bo‘lib, fiqh va hadis sohalarida tanilgan olim bo‘lgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rivoyatlari „Kutubi sitta“dan o‘rin olgan Abu-z-Zinod, hadis va fiqh ilmida bo‘lgani kabi hisob va sheʼr mavzularida ham bilimi yuqori olim bo‘lgan. Atrofidagi yuzlab shogirdlar bilan Masjid an-Nabaviyga kirayotganini ko‘rgan muhaddis Abdurabbih ibn Saʼid uni sultonga o‘xshatgani, shogirdlari undan fiqh, hadis, hisob va yechimini topa olmagan masalalarni so‘rayotganlarini guvohi bo‘lganini aytadi. Lays ibn Saʼdning maʼlum qilishicha, barchasi tobeʼin bo‘lgan 300 kishiga Masjid an-Nabaviyda fiqh, sheʼr kabi ilmlardan taʼlim bergan, biroq keyinchalik shogirdlari Rabi’a ibn Abu Abdurrahmonning dars halqasiga qo‘shilganidan so‘ng, yolg‘iz qolgan. Balki shu bois Rabi’a bilan orasi buzilgan. Madinaga kelganida har ikki olim bilan ham ko‘rishgan Abu Hanifa, fiqh ilmida Abu-z-Zinod Rabi’adan ko‘ra yuqoriroq saviyada bo‘lganini maʼlum qilgan. Ahmad ibn Hanbal ham uni Rabi’adan ko‘ra bilimliroq bo‘lganini aytgan. Hishom ibn Abdulmalik zamonida Madinaning moliyaviy ishlari devonida faoliyat olib borgan Abu-z-Zinodni Umar ibn Abdulaziz Kufaning baytulmolini boshqarishga tayinlagan. Umaviylarning xizmatida bo‘lgani bois Molik ibn Anas unga „shu odamlarning kotibi edi“, degan ifodani qo‘llagan bo‘lsa-da, „Al-Muvatto“da ellik to‘rt rivoyatiga o‘rin ajratgani bu daʼvoning to‘g‘ri bo‘lmaganini ifodalaydi.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu-z-Zinod ramazon oyining 17-kuni (milodiy 748-yil, 20-may)da vafot etgan. 131-yil (milodiy 749-yil)da vafot etgani ham naql qilingan[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ibn Saʼd. At-Tabaqāt: al-mutammim. 318-320;
- Al-Buxoriy. At-Tarӣx al-kabӣr. V, 83;
- Al-Buxoriy. At-Tarӣx as-sag‘ӣr. II, 27;
- Ibn Abu Hotim. Al-Jarh va-t-taʼdӣl. V, 49-50;
- Az-Zahabiy. Tazkira al-huffāz. I, 134-135;
- Az-Zahabiy. Siyar. V, 445-451; VIII, 168-170;
- Az-Zahabiy. Tarӣx al-Islām: sana 121-140. 461-462;
- Az-Zahabiy. Mӣzān al-i’tidāl. II, 418-420;
- Ibn Hajar. Tahzӣb at-tahzӣb. V, 203-205;
- Ibn al-Imod. Shazarāt az-zahab. I, 182;
- Badron. Tahzӣb tarӣx Dimashq. VII, 385-386;
- Sezgin. GAS. I, 405;
- Ali Osman Koçkuzu. „Ebü’z-Zinâd“. TDV İA. — İstanbul: 1994. X, 354.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |