Abu Abdulloh Jallo
Qiyofa
Abu Abdulloh Jallo Ahmad bin Yahyo — "Nasoyim ul-muhabbat"da tilga olingan tasavvuf shayxi. Bagʻdodda tugʻilib, Damashq va Ramla shaharlarida yashagan. Dastlabki taʼlimni otasi Yahyo Jallodan olgan. Zunnun Misriy va Abu Turob Naxshabiyning shogirdi. Аbu Ubayd Busriy, Аbulxayr Taynotiy, Abubakr Vositiy, Аbu Аli Dimishqiy, Ibrohim bin Dovud Qassor Riqqiy, Аbu Аli Rudboriy, Ibrohim bin Ahmad Muvallid Sufiy Riqqiy bilan suhbatda boʻlgan. Tasavvufda tavba maqomiga koʻp ahamiyat bergan.
Alisher Navoiy „Nasoyim ul-muhabbat“ga "Nafahot ul-uns"dan ushbu shayx hayotiga bogʻliq bobni aynan kiritgan[1][2][3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |