Abu Amr ad-Damashqiy
Qiyofa
Abu Amr ad-Damashqiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy yil (hijriy yil) |
Vafoti | milodiy yil (hijriy yil) |
Dini | Islom |
Abu Amr ad-Damashqiy (arabcha: أبو عمرو الدمشقي) — so‘fiy.
Tasavvuf tariqatining yirik namoyandasi. Abu Abdulloh al-Jallo, Zunnun Misriy, Ali ibn Bundor So‘fiy as-Sayrafiy, Abu-l-Husayn Darroj, Abu-l-Hasan So‘fiy al-Fushanjiy, Abu Abdulloh Xafif ash-Sheroziylar suhbatidan bahramand bo‘lgan. Valiylar o‘z karomatlarini pinhon tutishlari farz, degan aqidani ilgari surgan. Navoiy „Nasoyim ul-muhabbat“ga „Nafahot ul-uns“dan ushbu shayx hayotiga bog‘liq bobni qisqartirilgan holda kiritgan[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Alisher Navoiy. TAT. — T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi NMIU, 2011. 180;
- Alisher Navoiy. Qomusiy lug‘at. — T.: 2016. I.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |