Abu Bakr Ahmad al-Odamiy ash-Shoshiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Bakr Ahmad al-Odamiy ash-Shoshiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis

Abu Bakr Ahmad al-Odamiy ash-Shoshiy (arabcha: أبو بكر أحمد الآدمي الشاشي — Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ibn Odam ibn Abdulloh al-Odamiy ash-Shoshiy) — muhaddis.

As-Sam’oniy „Al-Ansāb“ asarida mu­haddis bobosining ismi Odam bo‘lgani, shu bois unga „al-Odamiy“ nisbati berilganini zikr qiladi.

Abu Bakr Ahmad al-Odamiy ash-Shoshiy dastlab hadis ilmini o‘z yurtida Habib Mug‘iyra ash-Shoshiy, Homid ibn Dovud ash-Shoshiylardan o‘rgangan. Abu Bakr Ahmad al-Odamiy ash-Shoshiy ilm-maʼrifat talabida Iroq va Hijoz o‘lkalariga safar qilgan. Ubaydulloh ibn Vosil al-Buxoriy, Abu Hotim Muhammad ibn Idris ar-Roziy, Muhammad ibn Abdulloh ibn Yazid Muqri’ va boshqalardan taʼlim olgan. Abu-l-­Fazl Muhammad ibn Muhammad ash-Shoshiy, Abu Jaʼfar Muhammad ibn Ali ibn Saʼdon ibn al-Gʻazzoliy, Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad al-Ishtixoniylar Abu Bakr Ahmad al-Odamiy ash-Shoshiydan hadis ri­voyat qilganlar.

As-Sam’oniyning xabar berishicha, Abu Bakr Ahmad al-Odamiy ash-Shoshiy Shosh va uning atrofida hadis ilmini targ‘ib qilgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. As-Sam’oniy. Al-Ansāb. — Bayrut: „Dor al-fikr“, 1998. I, 61;
  2. Az-Zahabiy. Siyar. „Muassasat ar-risola“, 1985. XVI, 521: N. Muhamedov. Shosh vohasi olimlarining ilmiy-maʼnaviy merosi. — T.: „Toshkent islom universiteti“, 2007. 71;
  3. O‘rta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. — Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2016. 479.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.