Kontent qismiga oʻtish

Abu Bakr Kalaviy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Bakr Kalaviy
Vafoti 1366-yil
Samarqand

Abu Bakr Kalaviy (1366-yilda vafot etgan) — samarqandlik hunarmand va oqsoqol. Samarqandda boʻlib oʻtgan sarbadorlar qoʻzgʻolonining rahbarlaridan biri hisoblanadi.

Moʻgʻuliston xoni Ilyosxoʻjaning Movarounnahrga hujumi chogʻida yaʼni 1365—1366-yillarda Samarqandda boʻlib oʻtgan sarbadorrlar qoʻzgʻoloni boshliqlaridan biri hisoblanadi. Abu Bakr Kuluyi (Kalaviy) Naddof jun (paxta) tituvchilar mahallasining oqsoqoli boʻlgan.

Abu Bakr Kalaviy, shuningdek, madrasa talabalaridan Mavlonozoda Samarqandiy va kamonchi Xurdaki Buxoriy shahar aholisini qurollantirib, shaharda barrikadalar qurib moʻgʻullarga qarshi chiqadi. Sarbadorlar Samarqand shahrida moʻgʻullarga qaqshatqich zarba beradilar. Moʻgʻul otliqlari Samarqandga kirishga urinib, ikki mingga yaqin odamini yoʻqotib, orqaga chekinadi. Ilyosxoʻja avval Samarqandni, soʻngra Movarounnahrni tark etadi[1]. Shundan soʻng sarbadorlarning bevosita ishtirokida shahar aholisini talash va zoʻravonlik boshlangan.

Sarbadorlar shahar zodagonlarining mol-mulkini musodara qilganidan soʻng norozi boʻlgan shahar zodagonlari amirlar Husayn ibn Musallab va Amir Temurga shikoyat qilishadi. Amirlar Amir Husayn va Amir Temur sarbadorlar rahnamolari Abu Bakr Kalaviy, Mavlonzoda Samarqandiy va Xurdaki Buxoriylarni Konigilga taklif qilishadi[2]. Sarbadorlar amirlar qarorgohiga yetib kelishadi vau yerda xoinlik bilan asirga olindi. Ularning deyarli barchasi qatl etiladi. Jumladan Abu Bakr Kuluiy (Kalaviy) Naddof va Xurdaki Buxoriylar dorga osiladi. Amir Temur shafoati tufayli mudarris Mavlonzodaning hayoti saqlanib qolinadi. Ushbu voqeadan soʻng Samarqanddagi sarbadorlar harakati bostiriladi.

  • Timur // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). — SPb., 1890—1907.
  • Abdurazzoq Samarqandiy, Matlai saʼdayn va majmai bahrayn. T., 1969; Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T., 1996.