Abu Bakr ash-Shoshiy
Abu Bakr Umar ibn Abdurrahim
ash-Shoshiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | taxminan milodiy 1058-yil (hijriy 450-yil) |
Vafoti |
milodiy 1124-yil (hijriy 518-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | soʻfiy, muhaddis |
Abu Bakr ash-Shoshiy (arabcha: أبو بكر الشاشي — Abu Bakr Umar ibn Abdurrahim ash-Shoshiy) — so‘fiy va muhaddis.
Hayoti va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shoshlik muhaddislar orasida ham, tasavvufda ham shuhrat qozonib, „shayx“, „solih so‘fiy“ kabi darajalarga erishgan Abu Bakr ash-Shoshiy Marvda Roziq daryosi bo‘yida istiqomat qilgan. Abu Bakr ash-Shoshiy Imom Abu-l-Muzaffar as-Sam’oniy, Abu-l-Qosim Hibatulloh ibn Abdulvoris ash-Sheroziy al-Hofiz, Abu Saʼd Muhammad ibn al-Horisiy va b.oshqalardan hadis ilmini o‘rgangan.
Iqtibos
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tarixchi as-Sam’oniy Abu Bakr ash-Shoshiydan Marvda hadislar yozib olgan. Uning xabar berishicha,
Men undan fotiha olganman va uni tez-tez ziyorat qilardim. Undan eshitgan hadislar rivoyatlari sirasida Hibatulloh ash-Sheroziy to‘plab, yozib olgan „Arbaʼӣn“ ham bor edi.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu Bakr ash-Shoshiy Marvda vafot etgan va Roziq daryosi qirg‘og‘i bo‘yiga dafn qilingan[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- As-Sam’oniy. At-Tajbӣr fi-l-mu’jam al-kabӣr. I, 581;
- N. Muhamedov. Shosh vohasi olimlarining ilmiy-maʼnaviy merosi. — T.: Toshkent islom universiteti, 2007. 74;
- O‘rta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. — Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2016. 479.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |