Kontent qismiga oʻtish

Abu Dabi Islom banki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Dabi Islom banki
Abu Dhabi Islamic Bank/ADIBA
Umumiy maʼlumot
Maqomi Tugallangan
Turi aksiyadorlik jamiyati
Shahar Abu Dabi
Mamlakat BAA

Abu Dabi Islom banki (arabcha: مصرف أبو ظبی الإسلامی)


Abu Dabi Islom banki (Abu Dhabi Islamic Bank/ADIB) 1997-yil 20 mayda Amirning farmoni bilan ochiq aksiyadorlik jamiyat shaklida tuzilgan. Bank tijorat faoliyatini 1998-yil 11-noyabrda boshlagan va 1999-yil 18-aprelda rasman ochilgan. Bankning barcha faoliyati shariat tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi.

ADIBning to‘langan ustav kapitali 100 million dona aksiyalardan iborat 1 milliard dirhamni tashkil etadi. Ularning har biri 10 dirham. Bank aksiyalari Abu Dabi fond birjasida ro‘yxatga olingan. Jahon bankidagi islomiy bank tizimining tobora kengayib borayotgani tufayli, ADIB o‘zining geografiya­sini muntazam ravishda kengaytirish orqali o‘z modelini tarqatishga ko‘proq eʼti­bor qaratmoqda. ADIBning xalqaro miqyosga chiqishi Misrda qo‘shma tuzilmaning paydo bo‘lishi bilan boshlandi, keyinchalik Iroq, Buyuk Britaniya, Sau­diya Arabistoni, Qatar va Sudandagi qo‘shma loyihalar orqali takomillashdi. Shuningdek, ayrim mamlakatlarda ADIB bank faoliyatini amalga oshirishga litsenziya olishni kutmoqda.

Taʼsischilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

ADIBning taʼsischilari 29 foiz aksiyaga egalik qiladi, qolgan 71 foizni esa 100 ming­ga yaqin aksiyadorlar egallaydi.

ADIB taʼsischilari:

— Qirol oilasi aʼzolari;

— ADIA (Abu Dhabi Investment Authority) jamg‘armasi (Abu Dabi investisiya jam­g‘armasi);

BAAning taniqli vakillari;

— Doktor Vosim Ahmad Xon.

Faoliyat yoʻnalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mijozlar bilan ishlashning asosiy shakl­lari yirik mijozlar, chakana segment (jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish), individual xizmat ko‘rsatish tizimidan iborat. Bank o‘z fao­liyatini quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiradi: bank kartalari bilan ishlash, tranzaksion bank xizmatlari, g‘azna, koor­porativ moliya va investisiya­lar, xususiy kapitalni bosh­qarish.

Xizmat koʻrsatish sohalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bank avtomobillar, ko‘chmas mulk va asbob-uskunalar sotib olish, akkreditivlar taklif qilish, homiylik inves­tisiya fondlarini moliyalashtirish hamda mulkni boshqarish va baholash bo‘­yicha xizmatlar ko‘rsatadi. ADIB Islom dini qonunlariga muvofiq kreditlar beradi. Bank alkogol mahsulotlarini, shuningdek, transport kompaniyalarini, tovarlarni saqlash va tarqatishni taklif qiluvchi kompaniyalar faoliyatini moliyalashtirmaydi.

Shariat tamoyillariga asoslangan noyob bank yechimlari bilan ADIB innovatsiyalar va yangi texnik vositalardan foydalanish bo‘yicha yetakchiga aylandi. Tez rivojlanib borayotgan tarmoq va takliflar hamda bank yechimlarining kengayishi tufayli ADIB bir necha mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Ayni paytda „Dana Womenʼs Banking“ sug‘urta loyihasi hamda BAAda birinchi mobil bank xizmatiga aylangan *161# xizmati singari ko‘plab noyob xizmatlar va mahsulotlar bilan mijozlarga deyarli barcha onlayn operatsiyalarni yuklab olishsiz amalga oshirish imkonini beradi[1].

  1. http://www.uae-consulting.com/banki-v-oae/abu-dhabi-islamic-bank (Wayback Machine saytida 2023-01-31 sanasida arxivlangan)
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.