Kontent qismiga oʻtish

Abu Homid ishtixoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Homid ishtixoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi Muhaddis,roviy

Abu Homid ishtixoniy(arabcha:طاهر بن عبد الله العلاقي — Abu Homid ishtixoniy — Toʻliq ismi: Abu Homid Solih ibn Yunus ibn Aʼdiy ibn Ibrohim Varroq Ishtixoniy (vafoti 961-yil)) — Muhaddis va roviy.

Abu Homid ishtixoniy oʻz zamonasining taniqli roviylaridan boʻlgan. Abu Homid ishtixoniyning tavallud topgan yil nomaʼlum boʻlib, u 350/961-yildan soʻng vafot etgan.[1] Abu Homid ishtixoniy asosan hadislarni Ali ibn Hasan ibn Marzabon Samarqandiydan rivoyat qilgan. A. H.I.dan Ahmad ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Saʼd ibn Masʼud Samarqandiy kabi allomalar hadis rivoyat qilgan.[2]

  1. Najmiddin Umar Nasafiyil Al-qand fi zikri ulamoi Samarqand. — B. 259
  2. Isayev YIL, Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. — B. 29.