Kontent qismiga oʻtish

Abu Ja’far Muhammad Karzoniy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abu Jaʼfar Muhammad Karzoniy
Tavalludi

IX asrning ikkinchi yarmida
Samarqanddagi Karzon — Xoʻjakarzon qishlogʻida tugʻilgan.

Muhaddis va roviy
Vafoti 330/941 yil.

Abu Jaʼfar Muhammad Karzoniy (arabcha: ابو جعفر محمد كرزاني — Abu Jaʼfar Muhammad ibn Muso ibn Rijʼa ibn Hanish Karzoniy) — Muhaddis va roviy.

Abu Jaʼfar Muhammad Karzoniy IX asrning ikkinchi yarmida Karzon — Xoʻjakarzon qishlogʻida tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimni tugʻilib oʻsgan Karzon qishlogʻida olgan. U hadis aytish va rivoyat qilish boʻyicha ishonchli roviylardan boʻlgan.

Abu Jaʼfar Muhammad Karzoniy hadis ilmining sir-asrorlarini ustozi Abu Musʼab Ahmad ibn Abu Bakr Zuhriydan oʻrgangan va hadislar rivoyat qilingan. Bundan tashqari u Yahyo ibn Aktum Qoziy, Ishoq ibn Abu Isroil, Solih ibn Musmor Kushmihaniy, Hannod ibn Sariy, Muhammad ibn Bashshor va Husayn ibn Haris Marvaziy kabi muhaddis va roviylardan koʻplab hadislar rivoyat qilgan[1].

Abu Abdulloh Yoqut Hamaviyning „Muʼjam al-buldon“ va Abdulkarim Samoniyning „Ansob“ kitoblarida keltirilishicha Abu Jaʼfar Muhammad Karzoniydan Abu Saʼd Idrisiy, Abu Saʼd Abduahmon ibn Muhammad Samarqandiy, Ahmad, Abu Bakr Muhammad ibn Usama Muqri Samarqandiylar hadis rivoyat qilgan. Abu Jaʼfar Muhammad Karzoniyning Muthir isimli oʻgʻli va Abu Bakr Muhammadibn ibn Ahmad Karzoniy isimli nabirasi ham taʼlim olgan va hadislar rivoyat qilgan.

Abu Jaʼfar Muhammad Karzoniy 330/941 yili vafot etgan[2].

  1. Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Muʼjam al-buldon. J, 9. — Bayrut, 1979. 344.
  2. Abdulkarim Samoniy. Ansob. J, 4. — Bayrut, 1988. 406.