Kontent qismiga oʻtish

Abu Komil al-Misriy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abu Komil Shujo’ ibn Aslam ibn Muhammad ibn Shujo’ al-Hosib al-Misriy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi taxminan 850-yil
Vafoti taxminan 930-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi matematik olim

Abu Komil al-Misriy (arabcha: أبو كامل المصری — Abu Komil Shujoʻ ibn Aslam ibn Muhammad ibn Shujoʻ al-Hosib al-Misriy) — matematik olim.

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Komil al-Misriy taxminan 830-yillarda tavalllud topgan. Manbalarda hayoti haqida maʼlumotlar kam uchraydi. Ularda Ahmad ibn Tulun zamonida yashagani, kemasozlik inshootining muhandisi bo‘lgani, baʼzilarida esa muhosib (hisobchi) sifatida faoliyat olib borgani haqida maʼlumotlar keltirilgan. „Al-Hosib“ nisbasi ham shunga dalolat qiladi.

Abu Komil al-Misriy matematika tarixida Sharq va Gʻarbga o‘zining katta taʼsirini o‘tkazgan misrlik olim deya eʼtirof etiladi. Mazkur fanga oid bir nechta asarlar muallifi.

  • Algebra faniga oid „Al-Muqābala“ asari bu sohada Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning asaridan keyingi o‘rinda turadi. Ibn Xaldun bu asarni al-Xorazmiyning kitobidan keyin algebra sohasida eng mukammal tadqiqot sifatida baholagan. Abu Komil al-Misriyning taʼsiri Abu Bakr Mu­hammad ibn al-Husayn al-Karajining asariga, so‘ng Leonardo Pizanskiy (Fibonachchi)ning „Liber abaci“ asariga turtki bo‘lgan. O‘rta asrlarda Yevropada ushbu risola ispan, ibroniy va lotin tillariga tarjima qilingan. Asarda qoidalar al-Xorazmiydan olingan misollar yordamida tushuntiriladi, ammo geomet­rik isbotlarda Abu Komil al-Misriy boshqa yo‘ldan boradi, yaʼni Evklid prinsiplariga asoslanadi;
  • Risāla fi-l-muxammas va-l-mu’ashshar“ asari arabcha asl nusxada saqlanmagan va u faqat ibroniy va lotin tarjimalaridan maʼlum. Leonardo Pizanskiy Abu Komil al-Misriyning bu risolasini bilgan va uni „Geometriya amaliyoti“ asarida qo‘llagan;
  • Kitāb al-jabr va-l-muqābala“. Abu Komil al-Misriyning eng muhim va eng katta asari. Bu kitob „Kitāb ash-shāmil“ nomi bilan ham ataladi. Asar Ali ibn Ahmad al-Imroniy, Abu-l-Qosim al-Qurashiy, Ibrohim ibn Umar as-Subuniylar tomonidan sharhlangan bo‘lib, ularning hech biri bizgacha yetib kelmagan;
  • Kitāb at-tarāif fi-l-hisāb“;
  • Risāla fi-l-muxammas va-l-mu’ashshar“.

Shuningdek, quyidagi asarlar ham unga nisbat berilgan:

  • Kitāb al-jam’ va-t-tafrӣq“;
  • Kitāb kamāl al-jabr va tamāmih va-z-ziyāda fӣ usӯlih“. Bu asar „Kitāb al-Kāmil“ nomi bilan ham mashhur;
  • Kitāb al-vasāyā bi-l-jabr va-l-muqābala“;
  • Kitāb al-vasāyā bi-l-juzӯr“;
  • Kitāb al-misāha va-l-handasa“ va boshqalar[1].
  1. G. O. Baygojina. O prinsipe klassifika­sii zadach u Abu Kamila v yego „Knige ob neopredelyonnix zadachax“. Istoriko-matematiches­kiye issledovaniya, 1 (36), 1995. s. 61-66;
  2. G. P. Matviyevskaya. Ucheniye o chisle na srednevekovom Blijnem i Srednem Vostoke. — Tashkent: „Fan“, 1967;
  3. R. Lorch. Abu Kamil on the pentagon and decagon. Vestigia mathematica, 1993. 215-252;
  4. Cengiz Aydin. „Ebû Kâmil“. TDV İA. — İstanbul: 1994, X. 172-174.
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.