Kontent qismiga oʻtish

Abu Mansur Gʻuvrajakiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Mansur Gʻuvrajakiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis, roviy

Abu Mansur Gʻuvrajakiy(arabcha:أبو منصور جوفراجاكي — Abu Mansur Gʻuvrajakiy — Toʻliq ismi:Abu Mansur Xushnom ibn Abu Migʻvor Gʻuvrajakiy) — muhaddis va roviy.

Abu Mansur Gʻuvrajakiy asosan hadislarni Sufyon ibn Uyayna va Abu Muʼoz Xolid ibn Sulaymon Balxiy kabi allomalardan rivoyat qilgan. Ibrohim ibn Nasr Anbar Zobiy va Isʼhoq ibn Ismoil ibn Vazzoh ibn Roshid Marvaziy kabi koʻplab roviylar esa Abu Mansur Gʻuvrajakiydan hadislar rivoyat qilgan. Manbalarda alloma Ibn Vazzoh Abu Mansur Gʻuvrajakiydan hamisha hadis rivoyat qilayotgan paytida: „Bizga zohid Abu Mansur Xashnom ibn Abu Magʻvor xabar berdi. Abu Mansur Gʻuvrajakiyni Gʻuvrajakning ikki togʻ oraligʻidagi Mobon deb nomlangan Rabotida koʻrdim“, — deb aytganligi qayd etilgan.[1]

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. – Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. – B. 894.