Abu Mansur Qontariy
Abu Mansur Qontariy | |
---|---|
Tavalludi |
IX asr oxiri |
Abu Mansur Qontariy (arabcha: أبو منصور القنطاري — Abu Mansur Jaʼfar ibn Sodiq ibn Junayd Qontariy) — Muhaddis va roviy.
(vaf. 927 y.)
Abu Mansur Qontariy IX asr oxirida Samarqanddagi Ishtixon shahriga qarashli Roʻs al-qontara qishlogʻida Sodiq ibn Junayd xonadonida tavallud topgan. Bu qishloq XII asrgacha Xushufagʻon, XIII asrgacha arabcha "Roʻs al-qontara" ("Koʻprik boshi"), XIII asrdan XVI asrgacha esa forscha "Saripul" deb atalgan[1]. Abu Mansur Jaʼfar ibn Sodiq ibn Junaydga "Roʻs al-qontariy" deb emas, balki "Qontariy" deb nisba berilgan. Shu bois xalq orasida Abu Mansur Qontariy nomi bilan tanilgan.
Ustozlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu Abdulloh Yoqut Hamaviyning "Muʼjam al-buldon" kitobida keltirilishicha Abu Mansur Qontariy hadis ilmi sir-asrorlarin Xalaf ibn Oʻmir Buxoriy va Muhammad ibn Ishoq ibn Xuzayma kabi allomalardan oʻrgangan va ulardan hadislar rivoyat qilgan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu Mansur Qontariy 315/927 yilda vafot etgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. 62.