Abu Muhammad Iso ibn Muso al-Gʻuljoriy
Muhaddis | |
---|---|
Ism |
Abu Muhammad Iso ibn Muso al-Gʻuljoriy |
Tavalludi |
|
Vafoti |
803-yil |
Falsafa maktabi |
|
Abu Muhammad Iso ibn Muso al-Gʻuljoriy — (?—803) — buxorolik olim va muhaddis. Hazrat Abu Muhammad Iso ibn Muso al G‘unjoriy — olim, muhaddis, fozil, obid, sodiq boʻlgan. U Buxoroda tavallud topgan. Abu Muhammad Iso ibn Muso al-Gʻuljoriy Iroq, Hijoz, Misr kabi mamlakatlarda tahsil olgan. al-G‘unjoriyning ustozi Imom Molik ibn Anas (713—795) va boshqa bir qator ulug‘ zotlar hisoblanadi. Uni „G‘unjoriy“ deb atalishining sababi shu ekanki, ikki yuzlari doimo qip-qizil bo‘lgan. Yaʼni chehlaridan nur yogʻilgan. Iziddin Ali ibn Asir al Jaziriyning (1160—1234) „Al lubob fitahzib al ansob“ (Nasl-nasablarini aniqlash) asarida Iso ibn Muso al G‘unjoriyning fazilatlari, hadis jamlash yo‘lidagi ibratli harakatlari, u kishidan taʼlim olgan olimlar nomi keltirilgan. Narshaxiy oʻzining „Buxoro tarixi“ asarida shunday yozadi: „G‘unjor deb mashhur bo‘lgan rahmatli Iso ibn Muso Tayminiyga qozilik mansabini taklif qiladilar, u qabul etmadi. Sulton unga, agar qozilik qilmasang biror kishini tanlagin, biz o‘shanga qozilik mansabini beraylik degan edi. Buni ham qabul qilmadi. Sulton qozilikka loyiq kishilar nomini uning oldida bir-bir aytinglar deb buyuradi. Xuddi shunday qildilar, ammo kimning nomini aytsalar, u „loyiq emas“ deyaverdi va nihoyat Hasan ibn Usmon Hamadoniy nomini tilga olganlarida u sukut etdi. Uning sukuti roziligidir dedilar-de, qozilikni Hasan ibn Usmon Hamadoniyga berdilar. Buning zamonida Xuroson shaharlarida ilm va taqvoda unga tenglashadigan hech bir kishini ko‘rsata olmaganlar[1]“. Atoqli oʻzbek adibi Sadriddin Salim Buxoriy Iso ibn Musoni halollik, poklik, rostgo‘ylikda o‘z zamonasining yagonasi bo‘lgan deb taʼrif bergan. Abu Muhammad G‘unjoriy Saraxs shahrida milodiy 803-yil vafot etgan[2].