Kontent qismiga oʻtish

Abu Muhammad ibn Abu Siyob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Muhammad ibn Abu Siyob
Tavalludi maʼlum emas (X asr)
Vafoti maʼlum emas
Ijod qilgan tillari arab
Fuqaroligi Somoniylar davlati
Yoʻnalish sheʼriyat
Janr madh, hajv, vasf

Abu Muhammad ibn Abu Siyob (X asr) — Somoniylar davrida Buxoroda yashab ijod qilgan arabiynavis shoir.

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Mansur as-Saolibiy o‘zining „Yatimat ad-dahr“ kitobida Ibn Abu Siyobni buvayhiylarning Ray shahridagi vaziri, shoir va olimlar homiysi mashhur Abu-l-Fazl ibn al-Amid (vafoti 970-yil)ning suhbatdoshlaridan biri bo‘lganligi haqida ma’lumot beradi. Ibn al-Amid ham mashhur shoir va olimlardan bo‘lib, u o‘z saroyiga Arab xalifaligining turli tomonlaridan boshpana qidirib kelgan ko‘pgina shoir va olimlarni to‘plagan edi[1]. Ibn Abu Siyob ham shu saroyda xizmat qilib, Ibn al-Amidga o‘zining bir qancha qasidalarini bag‘ishlaydi. Keyinchalik noma’lum sabab bilan Ibn al- Amid saroyini tashlab Buxoroga keladi.

Ibn Abu Siyob Buxoroda yaxshi kutib olinadi. Lekin uning Buxoroda qanday vazifani o‘tagani ma’lum emas. Shoir Abu Ja’far ibn al-Abbos bilan uning o‘rtasida kuchli raqobat bo‘lgan. Ular bir-birlarini hajv qilib juda ko‘p hajviy she’rlar yozganlar, Masalan, Ibn Abu Siyob o‘zining „Yatimat ad-dahr“ asariga kiritilgan ikkita hajviy she’rida raqibini haqoratli so‘zlar bilan tanqid qiladi.

Ibn Abu Siyob panegirist (maqtov tarzidagi, madh etuvchi she’rlar bituvchi) shoirdir. Lekin u vasfiy she’rlar yozishda ham juda mohir bo‘lgan. Uning sham haqidagi vasfi „Yatimat ad-dahr“ tazkirasiga kiritilgan eng nafis va kuchli vasfiy she’rlardan biri hisoblanadi. Shoir juda chiroyli o‘xshatish va majozlardan foydalangan[2]. Uning sheʼrida qoʼllangan badiiy sanʼatlar shoirning badiiy mahoratini namoyon etadi.

  1. Абу Мансур ас-Саолибий. Китоб латоиф ал-маориф (Ажойиб маълумотлар ҳақида китоб). Тошкент: Фан, 1987 — 63-bet. 
  2. Абдуллаев И. Бухоронинг арабийнавис шоирлари. Тошкент: Фан, 1965 — 49-bet.