Kontent qismiga oʻtish

Jahm ibn Safvon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abu Muhrizdan yoʻnaltirildi)
Mahmud Ismoilovich Ismoilov
Tavalludi 696
Samarqand
Vafoti 745
Marv
Dini islom

Abu Muxriz al-Jahm ibn Safvon at-Termiziy (arabcha: أبو محرز الجهم بن صفوان الترمذي, Samarqand — 745, Marv) – islom jabriy ilohiyotchisi, jahmizlik maktabining asoschisi[1].

Jahm ibn Safvon arablarning banu rasib qabilasidan boʻlib, Samarqandda tugʻilgan, Termizda, keyin esa Kufada yashagan[2] . U Kufada ilohiyot olimi Jad ibn Dirham bilan uchrashdi va keyinchalik uning gʻoyalari targʻibotchisi boʻldi. Vataniga qaytib, Jahm ibn Safvon ilohiyot olimlari bilan munozalar qildi. Ular orasida Qur’onning taniqli sharhlovchisi Muqotil ibn Sulaymon ham bor edi. Ularning har biri bir-birini inkor etib kitoblar yozgan. Jahm ibn Safvon 734-736-yillardagi Xuroson umaviylar hokimi Nasr ibn Sayyorga qarshi qoʻzgʻolonda qatnashgan va qoʻzgʻolon rahbari al-Horis ibn Surayjning kotibi boʻlgan. Keyinchalik u umaviylar tomonidan asirga olinadi va 745/746-yili (hijriy 128-yil) Marvda qatl etiladi[3].

Jahm ibn Safvon taʼlimoti moʻtazilizmga asoslangan. Jahm ibn Safvon ham moʻtaziliylar singari ilohiy sifatlarning abadiy mavjudligini va Allohni koʻrish imkoniyatini inkor etgan. U oʻzining ustozi al-Jad ibn Dirham singari qurʼonning yaratilganlig va Allohga qandaydir antropomorfik xususiyatlarni berish mumkin emasligi pozitsiyasini himoya qilgan. Jahmiylarning muxoliflari Alloh haqidagi taʼlimotni oʻzlarining panteistik moyilliklari bilan bogʻlaydilar. Jahm ibn Safvon ham kelajakdagi voqealar (harakatlar) cheksiz boʻlishi mumkin emas deb hisoblagan.

Jahm ibn Safvon jabrizm-fatalizmning ekstremal shaklini ishlab chiqqan.

Jahm ibn Safvon iymon har xil odamlar uchun har xil kuchga ega boʻlishi mumkin emas.

XI asr boshlarida Nehavendda jahmitlar maktabi faoliyat koʻrsatgan boʻlib, u asosan koʻp sonli talabalari bilan mashhur (Ahmad ibn Hanbal, Ibn Qutayba, Ad-Dorimiy va boshqalar). Jahm ibn Safvon shogirdlari orasida Diror ibn Amr (815- vafot etgan), Bishr al-Mariyiy (833-yil vafot etgan) va uning shogirdi al-Husayn an-Najjarni alohida taʼkidlash joiz. Jahm ibn Safvon va uning izdoshlarining asarlari bizgacha yetib kelmagan. Jahmitlarning bir qismi keyinchalik ash’ariylarga qoʻshilgan.

  1. Shorter Encyclopaedia of Islam p.83, Leiden 1974
  2. van Ess, Joseph „JAHM B. ṢAFWĀN – Encyclopaedia Iranica“ (en). www.iranicaonline.org. Encyclopedia Iranica. Qaraldi: 2017-yil 11-fevral.
  3. Рощин М. Ю. 2007.
  • Джахм ибн Сафван / Рощин М. Ю. // Григорьев — Динамика [Электронный ресурс]. — 2007. — С. 639. — (Большая российская энциклопедия : [в 35 т.] / гл. ред. Ю. С. Осипов ; 2004—2017, т. 8). — ISBN 978-5-85270-338-5.
  • Али-заде А. А. Джабриты // Исламский энциклопедический словарь. — М. : Ансар, 2007. — С. 219. — ISBN 978-5-98443-025-8. (CC BY-SA 3.0)
  • Джахм ибн Сафван (Wayback Machine saytida 2013-08-21 sanasida arxivlangan) // Новая философская энциклопедия: В 4 тт. М.: Мысль. Под редакцией В. С. Стёпина. 2001.
  • ДЖАХМ ибн САФВАН Абу Мухриз / Словарь по исламу А. Колодина