Abu Nasr Samarqandiy
Abu Nasr Samarqandiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | faqih |
Abu Nasr Samarqandiy (arabcha: ابو نصر سمرقندي — Abu Nasr Samarqandiy — Toʻliq ismi: Muhammad ibn Mas’ud Sulamiy Samarqandiy (X asrda yashagan)) — faqih.
Hayoti va ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu Nasr Samarqandiy Abu Nazr Aʼyoshiy nomi bilan tanilgan. Abu Nasr Samarqandiy 320/932-yillari hayot bo‘lgan. Asli Tamimlik boʻlib, keyinchalik Samarqandda yashagan. U kishi shiya mazhabi mufassiri va muhaddis bo‘lgan. Dastlab u sunniy bo‘lgan, so‘ng shiyalikka o‘tgan. Xurosonda bosh imomlik qilgan va o‘z zamonida fiqh ilmida yagona kishi bo‘lgan. shoir va olimlarni o‘ziga do‘st tutgan. Uning mehmonxonasi doimo olimlar bilan gavjum bo‘lgan. Uch yuz ming dinor jamg‘armasini ilm va adabiyot ahllari uchun sarf qilgan. Kitoblari esa tevarak-atrofga tarqalib, juda katta shuhrat qozongan.[1] Arab tilida 208 ta asar yozgan. Bulardan „Kitob sirat abiy“ („Otamning tarjimai holi kitobi“), „Kitob sirat Umar“ („Umarning tarjimai holi kitobi“), „Kitob al-muvazzah“ („Izohlangan narsalar haqida kitob“), „Kitob sirat Muoviya“ („Muoviyaning tarjimai holi kitobi“) kabi asarlari diqqatga sazovordir. Ayniqsa uning „Tafsir as-Sulamiy“ kitobi mashhur boʻlib, nemis sharqshunosi K.Brokkelmanning yozishicha, bu asarning Ibrohim ibn Ahmad al-Qummiy tomonidan qaytadan ishlangan nusxasi bizgacha yetib kelgan.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |