Abu Voqid al-Laysiy
Abu Voqid al-Horis ibn Avf al-Laysiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
milodiy 687-688-yil (hijriy 68-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | sahoba |
Abu Voqid al-Laysiy (arabcha: أبو واقد الليثي — Abu Voqid al-Horis ibn Avf al-Laysiy) — sahoba.
Hayoti va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalarda Abu Voqid al-Laysiyning ismi Avf ibn Molik, Horis ibn Molik yoki Avf ibn Horis shakllarida ham zikr qilinadi. Madinalik sahobalardan hisoblanadi. [Islom]]ning ilk yillarida yoki Makka fath qilingan yili (8/629-630-yillar) musulmon bo‘lganiga doir farqli ikki rivoyat mavjud. Hunayn g‘azoti (8/630-yil) haqida so‘z ketganda, Abu Voqid al-Laysiy u vaqtda hidoyatga yangi kelganining ma’lum qilinishi ikkinchi qarashni quvvatlaydi. Bunga ko‘ra, Badr jangida ishtirok etganiga doir rivoyatning zaif ekani tushuniladi. Abu Voqid al-Laysiy Hunaynda bo‘lgani kabi Makkaning fathida ham Kinona qabilasining bayroqdori bo‘lgan. Umar davrida Shom fathlarida ishtirok etgan. Yarmuk jangida (15/636-yil) bo‘lgan. Umrining oxirgi yilini Makkada kechirgan Abu Voqid al-Laysiy o‘sha yerda vafot etgan va «Muhojirun qabristoni»ga dafn qilingan. 684-685-yil(hijriy 65-yil)da vafot etgani va o‘sha vaqtda oltmish besh, yetmish, yetmish besh yoki sakson besh yoshda bo‘lgani haqida ham rivoyatlar bor.
Hadislari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Payg‘ambardan boshqa Abu Bakr as-Siddiq, Umar va Asmo bint Abu Bakrlardan hadis rivoyat qilgan. Undan o‘g‘illari Abdulmalik va Voqid, shuningdek, Ato ibn Yasor, Sa’id ibn Musayyab, Urva ibn Zubayr, Sulaymon ibn Yasor, Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utba kabi tobe’inlar hadis rivoyat qilganlar. Yigirma to‘rtta hadisni tashkil etgan rivoyatlari «Kutubi sitta»dan o‘rin olgan. Ulardan o‘n yettitasi Ahmad ibn Hanbalning «Musnad»ida zikr qilingan[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Wensinck. Al-Mu’jam. VIII, 289;
- Al-Voqidiy. Al-Mag‘āzӣ. III, 820, 890-891, 896, 990;
- Musnad. V, 217-219;
- Ibn Abu Hotim. Al-Jarh va-t-taʼdӣl. III, 82-83;
- Ibn Abdulbar. Al-Istӣ’āb. IV, 215-216;
- Ibn al-Javziy. Talqӣh fuhӯm ahl al-asar. — Qohira: 1975. 367;
- Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. I, 409; VI, 325-26;
- Az-Zahabiy. Siyar. II, 574-576;
- Ibn Hajar. Tahzӣb at-tahzӣb. XII, 270-271;
- Ibn Hajar. Al-Isāba. IV, 216;
- Al-Xazrajiy. Xulāsa tazhӣb. 462;
- Asri Çubukcu. „Ebû Vâkid el-Leysî“. TDV İA. — İstanbul: 1994. X, 251-252.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |