Abu Zuayb al-Huzaliy
Abu Zuayb Xuvaylid ibn Xolid ibn Muharris al-Huzaliy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
milodiy 648-649-yil (hijriy 28-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | shoir sahoba |
Abu Zuayb al-Huzaliy (arabcha: أبو ذؤيب الهذلي — Abu Zuayb Xuvaylid ibn Xolid ibn Muharris al-Huzaliy) — shoir sahoba.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu Zuayb al-Huzaliy hijratning 9-yilida (milodiy 630-yil) butun qabilasi bilan birga Islomni qabul qilgan. Cho‘lda istiqomat qilayotganida Payg‘ambarning kasal bo‘lgani haqida eshitadi. Madinaga kelganida Payg‘ambarning vafot etgani xabarini topadi. O‘sha vaqtda musulmonlar Saqifatu Bani Saʼidada to‘plangan edilar. Abu Zuayb al-Huzaliy ham o‘sha yerga boradi. Abu Bakr va Umarlarning nutqlarini tinglaydi. Abu Bakrga bay’at etish voqeasiga guvoh bo‘ladi. Payg‘ambarning janozasi va dafn qilish marosimida ishtirok etganidan so‘ng, cho‘lga qaytadi. Umar zamonida Misr va Shimoliy Afrikaning fathida ishtirok etadi. Usmon davrida 646-47-yil (hijriy 26-yil)da Abdulloh ibn Saʼd ibn Abu Sarh qo‘mondonligi ostida Afrika safarida ishtirok etadi.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Usmonga fath xabarini bildirish uchun Abdulloh ibn Zubayr bilan birga orqaga qaytayotganida Misrda vafot etadi. Janozasini Abdulloh ibn Zubayr o‘qiydi. Manbalarda o‘g‘li va jiyani bilan birga Vizantiyaga qarshi qilingan safarlardan birida vafot etgani haqida ham rivoyat bor.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Soʻida ibn Juayya al-Huzaliyning roviysi bo‘lgan Abu Zuayb al-Huzaliy, Huzayl qabilasining eng yaxshi shoiri bo‘lgan. Qasidada o‘z yo‘nalishiga ega bo‘lgan. Shuhratini yanada ziyoda bo‘lishida marsiyalari sabab bo‘lgan Abu Zuayb al-Huzaliy, o‘limidan bir yil avval Misrda chiqqan vabo taʼsirida besh o‘g‘lini birdan yo‘qotgani sabab „Al-Ayniyya“ asarini yozgan. Bu asar arab adabiyoti tarixida eng go‘zal marsiya namunalaridan biri sifatida qabul qilinadi. Shuningdek, Payg‘ambarning vafoti haqidagi marsiyasi ham diqqatga sazovor. Abu Zuayb al-Huzaliyning „Devon“i Jozef Xell (Josef Hell) tomonidan nemis tiliga qilingan tarjimasi bilan birga „Dıvan Ebı Züʾeyb — Der Dıwan des Abu Duʾayb“ nomi ostida chop etilgan (Gannover, 1926)[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Abu Zayd al-Qurashiy. Jamhara (Hoshimiy). II, 683-697;
- Al-Jumahiy. Fuhӯl ash-shu’arā. I, 123, 130;
- Ibn Qutayba. Ash-Shi’r va-sh-shu’arā. II, 653-658;
- Abu-l-Faraj. Al-Ag‘ānӣ. VI, 264-279;
- Yoqut. Mu’jam al-udabā. XI, 83-89;
- Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. II, 151; VI, 102-105;
- Ibn Hajar. Al-Isāba. VII, 131-133;
- Abdulqodir al-Bag‘dodiy. Xizāna al-adab. I, 422-423; V, 83-86;
- Brockelmann. GAL. I, 36-37; Suppl., I, 71;
- Ronart. CEAC. 142;
- Sezgin. GAS. II, 255-256;
- Abdulvahhob as-Sobuniy. Shu’arā va davāvӣn. — Bayrut: 1978. 57-58; Rahmi Er. „Ebû Züeyb el-Hüzelî“. TDV İA. — İstanbul: 1994. X, 272.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |