Kontent qismiga oʻtish

Abul Abbos al-Hasan ibn Sufyon ash-Shayboniy al-Baluziy an-Nasaviy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Baluziy, Abul Abbos al-Hasan ibn Sufyon ash-Shayboniy al-Baluziy an-Nasaviy- shofi’iylikdagi yirik muhaddis,faqih, muftiylardan.Niso viloyatidagi Baluz (Faruz) qishlog‘ida tug‘ilgan. Tugʻilganligi haqida aniq maʼlumot mavjud emas. Vafoti 915—916-yil.

Sam’oniyning yozishicha, u Iroq,Shom,Misr va Xuroson shaharlari bo‘ylab sayohat qilgan, uning huzuriga turli mamlakatlardan olimlar kelib saboq olganlar. XII asrda uning Baluz qishlog‘idagi qabri ziyoratgoh bo‘lgan. Sam’oniy Baluziyni fiqh, hadis va ilmi adab bo‘yicha 20 ustozi va 10 ta shogirdini qayd etib o‘tgan.

Fiqhga doir 3 asari bor

  • Husniddinov, Zuhriddin. Islom ensiklopediyasi. Toshkent: „O’zbekiston milliy entsiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004.