Kontent qismiga oʻtish

Abulazhar zohir ibn Xolid amr al-Varroq al-Buxoriy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Muhaddis

Ism

Abulazhar zohir ibn Xolid amr al-Varroq al-Buxoriy

Tavalludi

Vafoti

871-yil

Falsafa maktabi


Abulazhar zohir ibn Xolid amr al-Varroq al-Buxoriy — (?—871) — buxorolik olim va muhaddis. Najmiddin an Nasafiyniing „Al Qand fi zikri ulamoi Samarqand“ kitobida yozilishicha, Abulazhar Zohir ibn Xolid ibn Amr al Varroq asli buxorolik boʻlib, Samarqandda yashagan. U ishonchli muhaddis va adib sifatida elga tanilgan. Bu zoti sharif Muhammad ibn Yusuf al-Faryobiy, Muhammad ibn Kasir al-Masisiy, Abu Ubayd al Qosim ibn Salom va boshqalardan hadis rivoyat qilgan. Hazrat Abulazharning qabri Samarqanddagi Sang Reziston mozorida joylashgan. U koʻplab ustozlardan tahsil oladi. Abulazhar zohir ibn Xolid amr al-Varroq al-Buxoriy zohid, olim, muhaddis, faqih sifatida elga tanilgan. N.Nasafiy oʻzining asarida shunday yozadi: „Sahl ibn Shozuyaning xabar qilishicha, Abulazhar quyidaga xadisi sharifni rivoyat qilgan ekan: Rasululloh s.a.v. bunday deb marhamat qildilar: Darhaqiqat, Alloh taolo ilmni odamlardan tortib olish yoʻli bilan tortib olmagay, balki ulamolarni mahv qilish yoʻli bilan tortib olgay. Birorta ham olim qolmagach, odamlar oʻzlariga johil (nodon)larni boshliq (imom, mufti) qilib olgaylar. Ul nodon boshliqlar esa biror masala soʻralganda ilmsiz boʻla turib fatvo bergaylar-da, oʻzlari ham yoʻldan ozgaylar, birovlarni ham yoʻldan ozdirgaylar[1]“. Abulazhar zohir ibn Xolid amr al-Varroq al-Buxoriy 871-yilda vafot etgan. U toʻgʻrisida maʼlumotlar aniq saqlanmagan. Ushbu kishi toʻgʻrisida maʼlumotlar Atoqli oʻzbek adibi Sadriddin Salim Buxoriy kitoblarida mavjud[2].

  1. Najmuddin an Nasafiy. „Samarqandiya“. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2001 — 136-bet. 
  2. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291-bet.