Kontent qismiga oʻtish

Abulfath ibn Ali Mutarriziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abulfath ibn Ali Mutarriziy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 1144-yil
Vafoti 1213-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih

Abulfath ibn Ali Mutarriziy(arabcha:أبو الفتح بن علي المطريزي — Abulfath ibn Ali Mutarriziy — Toʻliq ismi:Abulfath Burhoniddin Nosir ibn Abulmakorim Abdussayyid ibn Ali Mutarriziy) — faqih.

Abulfath ibn Ali Mutarriziy 1144-yilda Xorazmning Jurjoniyya (hozirgi Ko‘hna Urganch) shahrida ziyoli oilada tavallud topgan. Otasi Abdussayyid o‘z davrining o‘qimishli kishilaridan bo‘lgan.[1] Xorazmda faoliyat yuritgan taniqli olimlardan fiqh, hadis, tilshunoslik, lug‘atshunoslik, adabiyotshunoslik kabi ilmlardan saboq olib, yetuk faqih bo‘lib yetishadi. „Al­iyzoh“, „Al-iqnoʻ fi-l­lug‘a“, „Al-muqaddima fi-n­nahvi“, „Al-misboh fi-n­nahvi“, "Muxtasar „Islohu-l­mantiq“, „Al-mug‘rib“ nomli asarlar yozadi.[2]Xalifatu-z­Zamaxshariy“ (Zamaxshariyning xalifasi, o‘rinbosari) degan sharafli nomga ega bo‘ladi. Alloma 1213-yilda Xorazmda vafot etadi.[3][4][5]

  1. Zirikliy. Al-aʼlom. J.7. — B. 348.
  2. Muhammad Firuzobodiy. Bulg‘a fi tarojim aimmati-n-nahvi va-l-lug‘a. — B. 79.
  3. Shamsiddin Zahabiy. Siyaru aʼlami-n-nubala. — B. 22-28.
  4. Shamsiddin Zahabiy. Tarixu-l-islam. J.43. — B. 392.
  5. Uvatov U. O‘zbekiston — buyuk allomalar yurti. — B. 327.