Abulloh al-Marvaziy
Qiyofa
Abulloh al-Marvaziy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 835-yil (hijriy 220-yil) |
Vafoti |
milodiy 906-yil (hijriy 293-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis, hofiz va faqih |
Abdulloh ibn Muhammad ibn Iso al-Marvaziy (Abu Muhammad) — muhaddis, hofiz va faqih bo‘lgan. U milodiy 835-yil (hijriy 220-yil) Arafa kechasi tavallud topgan. Misrda bir qancha muddat yashagan, so‘ngra u yerdan ketgan. Xurosonda shofeʼiy mazhabining targ‘ibotchisi bo‘lgan. Fatvolar chiqarishda ham mazkur mazhab arkonlariga tayangan.
Abulloh al-Marvaziy milodiy 906-yil (hijriy 293-yil) Arafa kechasi Marvda vafot etgan[1].
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 100 jildli „al-Maʼrifa“ („Bilish“),
- „Kitobu-l-muvatto“ („Osonlashtirilgan to‘plam“)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 17-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |