Abuturob Yunusov
ABUTUROB YUNUSOV (1924 – yil 5 – sentyabr Toshkent, 1981 – 30 – iyun Toshkent) – muhtasib, imom-xatib va mudarris.
Abuturob Yunusov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 1924 yil 5 sentyabr |
Vafoti | 1981 yil 30 iyun |
Dini | islom |
Millati | o'zbek |
Tavallud shahri | Toshkent |
Kasbi | muhtasib, imom-xatib va mudarris |
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abuturob Yunusov 1924 yilning 5 sentyabr kuni Toshkent shahrining Sarchopon mahallasida yashovchi Mulla Yunus oilasida dunyoga kelgan. Abuturob Yunusov 1948 yili Buxorodagi Mir Arab madrasasiga oʻqishga kiradi. [1]
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1958 yili madrasani muvaffaqiyatli tamomlab, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy nazoratiga muhtasib boʻlib ishga kiradi. Bu yerda 1961 yilgacha ishlaydi. Soʻngra Toshkent shahridagi Shayx Zayniddin jome’ masjidida imom-xatiblik qiladi. 1962 yili diniy nazorat yoʻllanmasi bilan Marokashdagi Karavayn universitetiga oʻqishga yuboriladi. 1965 yilda universitetni tugatib kelgan Abuturob Yunusov diniy boshqarma huzuridagi kutubxonaga mudir etib tayinlanadi. Bu yerda 1971 yilgacha ishlab, juda koʻp kitoblarni oʻqib-oʻrganadi. Keyin Toshkentdagi Xoʻja Alambardor va Tilla Shayx jome masjidlarida imom- xatiblik qiladi (1971-1981). Shuningdek, umrining oxirigacha Imom Buxoriy nomidagi TIIda talabalarga tafsir, hadis va fiqh ilmlaridan saboq bergan.
U Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy nazorati tomonidan oʻtkazilgan barcha xalqaro anjumanlarda, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda (Misr, Malayziya, Mavritaniya, Bolgariya, Bangladesh, Suriya) boʻlgan ilmiy-amaliy anjumanlarda sermazmun maʼruzalari bilan qatnashgan. 1962 va 1976 yillarda muborak haj safariga borgan.[2]
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abuturob Yunusov 1981 yil 30 iyunda Toshkentda vafot etgan. Toshkentdagi Xoʻja Alambardor qabristoniga dafn etilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "O’zbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari", Toshkent viloyati va toshkent shahri / Uchinchi kitob. (o'zbek). Toshkent, “Turon Zamin-Ziyo”,, 2015. — 356 .-bet. ISBN 978-9943-335-74-5.
- ↑ «O‘zbekiston ulamolari» Mas’ul muharrirlar: Usmonxon ALIMOV va Baxtiyor BOBOJONOV: . «Movarounnahr», 2015 yil — 496-bet. ISBN 978-9943-12-324-3.